Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish. Reja
Reja mazmuni qisqa bо‘lishligi
Download 1.39 Mb.
|
1 2
Bog'liq12-mavzu (2) fvv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi
- Iqtisodiy maqbullik
- Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqishda kerakli ma’lumotlar .
Reja mazmuni qisqa bо‘lishligi - rejadagi tadbirlardan foydalanish oson bо‘lishi uchun qilinadi. Buning uchun hamma bajariladigan tadbirlar grafik-sxemalar tarzda amalga oshiriladi. Bunda sxema-xaritada obyektlar, bajariladigan vazifalar va ularning hajmi shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Tushuntirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, sur’atli belgilar tushuntirish xatlari orqali beriladi.
Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi - rejalashtirilgan har bir tadbirni tо‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlaydi. Reja aniq va real bо‘lishi - rejaning bajarilish darajasini xarakterlaydi. Buning uchun falokat va halokat ma’lumotlari tо‘liq о‘rganiladi. Jumladan: vayronaliklar, talofot darajasi, moddiy zararlar imqyosi oldindan bashoratlanadi, uning oqibatlarini yо‘qotish uchun kerakli FMning kuch va vositalari hisoblab chiqiladi. Iqtisodiy maqbullik - har qanday FVda (tinchlik davrda ham, harbiy davrda ham) muhofazalanish inshootlaridan foydalanishni hisobga olishdir. FM rejasi 4 ta bosqichli ishlardan tashkil topadi: 1) birinchi bosqichda rejani tuzishda ishtirok etuvchilarning tarkibi, ularning malakasi aniqlanadi, ular tо‘g‘risidagi ma’lumotlar, hujjatlar о‘rganiladi, tо‘plangan ma’lumotlar umumlashtiriladi va kalendar reja ishlab chiqiladi; 2) ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi; 3) uchinchi bosqichda bajariladigan hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi, zarurat bо‘lsa tuzatiladi va tasdiqlanadi; 4) tо‘rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, tasdiqlangandan keyin (tasdiqlangan reja) tegishli ijrochilarga yetkaziladi. FM rejasini ishlab chiqish bevosita FM boshlig‘iga yuklatiladi, reja tadbirlarini ishlab chiqishda FM bо‘yicha shtatli xodimlar ishlari bilan shug‘unlanuvchi hay’at, FM tizimlari, evakuatsiya komissiyasi va iqtisodiyot tarmoqlarini yetakchi mutaxassislari ishtirok etadilar. Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqishda kerakli ma’lumotlar. FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FM ning yuqori tashkilotlari va bо‘limlaridan quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak: 1) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasiga oid qaror va kо‘rsatmalari; 2) О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining nizomlari, kо‘rsatmalari va tavsiyalari; 3) Iqtisoditot tarmog’i yuqori organlarining kо‘rsatmalari va tavsiyalari; 4) Fuqaro muhofazasi tizimlarini, undagi odamlar soni, hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar; 5) Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari, hamda boshqa boshpanalar qurish imkoniyatlari; 6) Obyektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati; 7) Toifalangan shaharlarga FV da yordam berish imkoniyatlari; 8) Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmog’larining rо‘yxatlari: a) FV da о‘z ishini davom ettiradigan obyektlar; b) evakuatsiya qilinadigan obyektlar. 9) Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong‘in xavfi bor obyektlar, KTZM va zaharli moddalar tashiladigan temir yо‘l magistrallari, aeroportlar va boshqa obyektlar rо‘yxati. 10) Xavfli hududlardagi aholi punktlari haqidagi ma’lumotlar. 11) FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning geografik о‘rni va tabiiy iqlim sharoiti); 12) Favqulodda vaziyatlardan chiqariladigan xulosalar. FM rejasini tuzishda Respublikada faoliyat kо‘rsatayotgan barcha tarmoq va korxonalar о‘z ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida ta’kidlab о‘tilgan. Ya’ni О‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xо‘jaligi vazirligi, Energetika va elektorlashtirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qо‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qо‘mitasi, «Uzsanoatkontexnazorat» davlat qо‘mitasi, Fanlar Akademiyasi, «О‘zbekneftgaz» milliy xoldind kompaniyasi, «О‘zkimyosanoat» uyishmasi va «Boshgidromet» boshqarmasi Favqulodda Vaziyatlar vazirligining hududlar, obyektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifitotik, geologik va texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi о‘zgarish ehtimollari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni о‘z vaqtida, muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan. FM rejalarini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuchlariga katta e’tibor beriladi. Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi: a) shikastlangan о‘choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qidiruv-qutqaruv ishlari kompleksini о‘tkazish; b) aholini, hayvonot va о‘simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari; v) zararlangan aholini hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bо‘lganlarni hisobga olish va kо‘mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish; g) karantin-observatsiya, sanitar-gigiyenik, epidemiyaga qarshi tadbirlar; d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish. Yana bir misol. Aholini, moddiy-madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarni rejalashtirishda: Shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining sonini; Zarur bо‘ladigan transport sonini; Odamlarning transportda olib chiqish tartibi; Qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi; Xom-ashyolar, о‘g‘itlar va boshqa kerakli moddiy resurslarni xavfli hududlardan olib chiqish tartiblari; Qishloq xо‘jalik hayvonlarini xavfli hududdan xavfsiz hududga uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa vazifalar belgilanadi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling