Fuqaro Sindorov o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish


Download 138.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi138.57 Kb.
#232818


4 - Kazus 

Fuqaro Sindorov o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish 

maqsadida,  shaxsga  o‘zi  tomonidan  oldindan  tayyorlangan  o‘tkir  tig‘li  temir 

parchasi  bilan  jaroxat  etkazib,  shu  yo‘l  bilan  o‘zganing  mulkini  qo‘lga  kirish 

maqsadida  harakat  qilib,  2020  yilning  10  oktyabr  kuni  tungi  soat  01:30  larda 

Toshkent  shahar,  Sergeli  tumani,  Bog‘ishams  ko‘chasi,  10-uy,  11-xonadonga 

keladi va xonadon eshigini ochgan jabrlanuvchi fuqaroning ko‘krak qafasiga o‘zi 

bilan olib  kelgan  o‘tkir  tig‘li  jism  bilan bir necha  marotaba tan  jarohati  etkazib 

uni  xushsiz  holatga  keltiradi.  Shundan  keyin  xonadon  ichkarisiga  kirib  uyni 

ko‘zdan kechiradi va uyda boshqa shaxslar bo‘lmaganligi sababli, xonadonning 

barcha xonalaridagi shkaflarni birma bir ochib ko‘rib, shkaflar ichidan umumiy 

qiymati  15.000.000  so‘mlik  tilla  taqinchoqlar,  1500  AQSH  dollari  miqdoridagi 

naqd pul mabalag‘larini olib voqea joyidan yashirinadi. Mazkur holat yuzasidan 

tuman prokuraturasi tomonidan JKning 164-moddasi tegishli bandlari va 25, 97-

moddasi  tegishli  bandlari  bilan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atiladi.  Voqea  joyini  ko‘zdan 

kechirish  jarayonida  tergovchi  jinoyatni  sodir  etgan  shaxs  tomonidan  olib 

kelingan  va  voqea  joyida  qoldirilgan  o‘tkir  tig‘li  temir  jism  daliliy  ashyo 

tariqasida oladi.  

Jabrlanuvchiga  etkazilgan  tan  jarohat  hususiyatini  aniqlash  maqsadida 

statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirildi. 

Mazkur  holatga  jinoyat-protsessual  qonunchiligi  asosida  huquqiy  baho 

bering. 


 

 

 




Biz  mazkur  holatga  jinoyat-protsessual  qonunchiligi  asosida  huquqiy  baho 

berishdan oldin quyidagi savollarni o’rtaga tashlashni lozim topdik. 

Savol: 

1. Mazkur jinoyat protsessi nimalardan iborat? 

2.  Mazkur  holat  yuzasidan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishiga  nima  asos  bo’lib 

xizmat qiladi? 

3. Mazkur holat yuzasidan tergovchi voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayoni 

to’g’ri amalga oshirganmi? 

4.  Jabrlanuvchining  etkazilgan  tan  jarohat  hususiyatini  aniqlash  maqsadida 

statsionar  ko‘rikdan  o‘tkazish  uchun  tibbiy  muassasaga  majburiy  joylashtirilishi 

huquqiy asosga egami? 

Javob:  


1.  Biz  ushbu  savolga  javob  berishdan  oldin  jinoyat  protsessi  va  uning 

vazifalariga qisqacha ta’rif  berib o’tishni lozim topdik. 

Jinoyat  protsessi  davlatning  huquqni  qo‘llash  bo‘yicha  faoliyatining  turi 

hisoblanib,  bunday  faoliyatga  zaruriyat  jinoyat  sodir  etilganligi  to‘g‘risidagi 

ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi.  

Shu  sababli  jinoyatlarni  aniqlash,  ularning  sodir  bo‘lish  holatlarini  tergov 

qilish,  aybdor  shaxslarni  fosh  etish  va  adolatli  jazoga  tortish  davlatning 

vazifalariga kiradi

1



Yana  qo’shimcha  qilib  aytganda  jinoyat  protsessi  bu-  qonun  bilan  tartibga 



solingan surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi 

yurituvi  boshqa  ishtirokchilarining  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish,  surishtiruv, 

dastlabki tergov, sud muhokamasi, sudning qaror, ajrim va hukmini qayta ko‘rib 

chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan faoliyati bo‘lib, 

u  jabrlanuvchining,  jinoiy  ta’qib  etilayotgan  shaxsning  huquq  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish,  jinoyat  qonuni  normalarini  munosib  qo‘llashini 

ta'minlashga qaratilgan. 

Jinoyat protsessi qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat’iy rioya 

etish,  huquqiy  tartibotning  har  qanday  buzilishlariga  qarshi  kurash,  uni  yuzaga 

keltiradigan sabab va shart-sharoitlarning oldini olishning dasturiy vazifasiga mos 

ravishda  jinoyat-protsessual  qonuni  hujjatlarida  jinoyat  protsessining  vazifalari 

belgilangan. Bular quyidagilardan iborat: 

Jinoyatlarni tez va to‘la ochish; 

Aybi  bo‘lmagan  hech  bir  shaxs  javobgarlikka  tortilmasligi  va  hukm 

qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish; 

Qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash; 

Jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berish

2



Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  shuni  aytish  mumkinki  ushbu  vaziyatda 

fuqaro  Sindarovning  harakatlari  unga  nisbatan  tuman  prokuraturasi  tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat  kodeksining  tegishli  moddalari  bilan  jinoyat 

ishi qo’zg’atilishiga sabab bo’ladi.  

2.  Biz  mazkur  holat  yuzasidan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishiga  nima  asos 

                                                      

1

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 1-modda;  



2

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; 




bo’lishini  aniqlab  olishimizdan oldin  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atishga  qisqacha ta’rif 

berishni lozim topdik. 

Jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  –  protsessning  dastlabki  bosqichi  bo‘lib,  unda 

vakolatli  davlat  organlari va  mansabdor  shaxslar  yetarli  sabablar    bo‘lganda, ish 

bo‘yicha  yurituvni  boshlash  uchun  asoslar  bor  yoki  yo‘qligi  aniqlanadi.  Jinoyat 

ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror jinoyat protsessi tartib-taomillarini harakatga 

keltiradi,  keyingi  bosqichlarda  tegishli  protsessual  harakatlarni  amalga  oshirish 

uchun  huquqiy  asosni  vujudga  keltiradi  hamda  dastlabki  tergov  muddatlarini 

hisoblash muddatini boshlanishini belgilaydi

3



Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari quyidagilardan iborat: 

shaxslarning arizalari;  

korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari  va  mansabdor 

shaxslar, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; 

 jinoyat  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi  ma’lumotlar  va  izlarni  surishtiruv 

organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning bevosita o‘zi aniqlashi; 

 aybini bo‘yniga olish haqidagi arz. 

Jinoyat  ishini  qo’zg’atish  asoslari  bu  Jinoyat  belgilari  mavjudligini 

ko‘rsatuvchi ma’lumotlar hisoblanadi

4



Yuqoridagi  keltirib  o’tilgan  fikrlardan  kelib  chiqadiki  mazkur  vaziyatda 

fuqaro Sindorov tomonidan olib kelingan va voqea joyida qoldirilgan o‘tkir tig‘li 

temir  jism  tuman  prokuraturasi  tomonidan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishiga  asos 

bo’ladi. 

3. Biz ushbu savolga javob berishdan oldin ko’zdan kechirish tushunchasini  

to’liq yoritib o’tishni lozim topdik.  

Ko‘zdan  kechirish  deganda,  biron  bir  moddiy  obyektning  o‘ziga  xos 

xususiyatlarini kuzatish orqali inson ongida mazkur obyekt haqida tasavvur xosil 

qilishi tushuniladi.  

Tergov  harakati  sifatida  ko‘zdan  kechirish  esa  ijtimoiy  xavfli  qilmishning 

yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini 

va  ishni  to‘g‘ri  hal  qilish  uchun  ahamiyatga  molik  boshqa  holatlarni  aniqlash 

uchun  moddiy  obyektlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  kuzatish  orqali 

ma’lumotlar to‘plashga yo‘naltirilgan harakat hisoblanadi.  

Ko‘zdan  kechirish  tergov  harakatini  asosi  sifatida  jinoyat  izlari,  ashyoviy 

dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan 

boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadi belgilab berilgan.  

Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirish vakolati surishtiruvchi, 

tergovchi va sudga berilgan. Ko‘zdan kechirish tergov harakati obyektlari sifatida 

hodisa  sodir  bo‘lgan  joy,  murda,  hayvonlar,  tevarak-atrof,  binolar,  narsalar  va 

hujjatlar keltirib o‘tilgan. Bulardan tashqari ko‘zdan kechirish obyektlari sifatida 

tirik  odam,  pochta-telegraf  jo‘natmalari  ham  hisoblanadi.  Biroq  tirik  odamni 

ko‘zdan  kechirish  alohida  mustaqil  guvohlantirish  tergov  harakati  talablari 

asosida amalga oshiriladi.  

                                                      

3

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; 



4

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 322-modda 




Pochta-telegraf  jo‘natmalarini  ko‘zdan  kechirish  esa  tintuv  va  olib  qo‘yish 

tergov  harakatlari  tarkibiga  kiritilgan  pochta-telegraf  jo‘natmalarini  xatlash 

jarayonida belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi belgilangan.  

Narsalarni  olib  qo‘yish  va  tintuv  o‘tkazish  chog‘ida  topilgan  narsa  va 

hujjatlar  shu  tergov  harakatlarini  o‘tkazish  uchun  belgilangan  qoidalarga  rioya 

qilgan holda ko‘zdan kechirilishi lozimligi belgilangan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  136-moddasida 

ko‘zdan  kechirish  tartibining  umumiy  qoidalari  mustahkamlangan.  Unga  ko‘ra 

surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida 

o‘tkaziladi.  

Xolis  sifatida  yashash  va  ish  joylari  aniq  bo‘lgan,  aqli  raso,  eshitish  va 

ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish zarur. Xolislikka savodsiz, 

jazo o‘tayotgan, tilni yaxshi bilmaydigan shaxslarni va huquqni muhofaza qilish 

idoralarida ishlaydigan xodimlarni jalb qilmaslik kerak.  

Jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat tug‘ilsa, 

sud  bu  haqda  ajrim  chiqarishi  va  ko‘zdan  kechirishni  taraflar  ishtirokida 

o‘tkazishi lozimligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan. 

 

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  aynan  ana  shu  joyda  jinoyat 



sodir  etilganligi  yoki  uning  izlari  borligi  haqida  ma’lumotlar  bo‘lgan  taqdirda 

o‘tkaziladi.  

U  boshlang‘ich  va  kechiktirib  bo‘lmaydigan  eng  muhim  tergov  harakati 

hisoblanadi,  aks  holda  jinoyat  izlari  tabiiy  ta’sirlar  natijasida  buzilib  ketishi, 

ataylab  yo‘qotilishi  mumkin.  Shu  sababli  tergovchi  hodisa  sodir  bo‘lganligi 

to‘g‘risida  xabar  olishi  bilan  har  qanday  ob-havo  sharoitiga,  vaqtga  qaramay 

darhol o‘sha joyga yetib borishi va ko‘zdan kechirishni boshlashi lozim bo‘ladi.  

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirishda  haqiqiy  hodisa  holatini 

aniqlash va xolisona tergovni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, 

ya’ni  ko‘zdan  kechirilayotgan  obyektlarning  ahvoli,  o‘ziga  xos  belgilari 

aniqlanadi.  Shuningdek  sodir  bo‘lgan  hodisaning  xususiyati,  jinoyatchining 

shaxsi va maqsadi kabi holatlar ham aniqlanadi.  

Demak, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tushunchasiga umumiy 

tushuncha  beradigan  bo‘lsak,  bu  tergov  xarakati  surishtiruvchi,  tergovchi  va 

sudlarning hodisa sodir bo‘lgan joyni sinchiklab o‘rganib chiqishi va bu yerdan 

tegishli  dalil,  ashyolarning  topishlari  va  ularni  jinoyatga  tegishli  yoki  tegishli 

emasligi o‘rganib chiqishiga qaratilgan umumiy faoliyatiga aytiladi.  

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  birinchi  navbatda  quyidagi 

vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi:  

- hodisa yuz bergan joyning holatlari bilan shaxsan tanishish;  

-  ish  bo‘yicha  ahamiyatli  bo‘lgan  dalillarni,  izlarni,  narsa,  qurol  va 

hujjatlarni topish, qayd qilish va olish;  

- hodisa natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlash;  

-  jinoiy  hodisasi  holatlari  bo‘yicha  tergovni  qiziqtiruvchi  masalalarni  hal 

qilish;  



- jinoyat ishi yuzasidan tusmollarni tuzish va ularni tekshirish;  

-  jinoyatchi  yoki  qidirilishi  lozim  bo‘lgan  guvohlarni  ko‘rsatuvchi 

ma’lumotlarni topish;  

-  tergov  davomida  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi,  jabrlanuvchi  va 

guvohlarning ko‘rsatmalarini tekshirib ko‘rishga imkon beradigan ma’lumotlarni 

yig‘ish.  

Kechiktirib  bo‘lmaydigan  hollarda  hodisa  sodir  bo‘lgan  joy  jinoyat  ishi 

qo‘zg‘atilishidan  oldin  ham  ko‘zdan  kechirilishi  mumkin.  Bunga  jinoyatga  oid 

arizalar,  xabarlar  va  boshqa  ma’lumotlarni  ko‘rib  chiqish  tartibini  belgilovchi 

qonun normalari bilan ruxsat berilgan.  

Jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishidan  oldin  ko‘zdan  kechirish  faqatgina 

surishtiruvchi  va  tergovchi  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin,  sud  bunday 

ko‘zdan  kechirishni  amalga  oshira  olmaydi.  Bu  mamlakatimizda  sudlar 

tomonidan  jinoyat  ishini  qo‘zg‘atish  faoliyati  amalga  oshirilmasligi  bilan 

izohlanadi.  

Amaldagi  O‘zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida 

kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ko‘zdan kechirish o‘tkazilganidan so‘ng kechi 

bilan  yetmish  ikki  soatda,  alohida  hollarda  esa,  o‘n  kun  ichida  jinoyat  ishini 

qo‘zg‘atish  haqida  yoki  qo‘zg‘atishni  rad  etish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilinishi 

lozimligi bayon etilgan. 

Agar  ko‘zdan  kechirish  tartibining  umumiy  qoidalari  hisoblansa,  ko‘zdan 

kechirish  tergov  harakati  turlari  sifatida  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyni,  murdani, 

hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechirishga 

ham  taalluqli  hisoblanadi.  Demak,  sudda  ushbu  turlardagi  ko‘zdan  kechirish 

lozim bo‘lgan barcha hollarda ajrim chiqarilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi 

Jinoyat-protsessual  kodeksining  139-moddasi  talablariga  ko‘ra  fuqaroning  uyi 

yoki  xizmat  joylari  tevarak-atrof  va  binolarni  ko‘zdan  kechirish  obyekti  sifatida 

o‘tayotgan  bo‘lsa  qaror  yoki  ajrim  chiqarilishi  belgilangan.  Boshqa  ko‘zdan 

kechirish turlarida bunday qoida keltirib o‘tilmagan. Demak, sud barcha hollarda 

ajrim  chiqaradi,  surishtiruvchi  va  tergovchi  faqatgina  tevarak-atrof  va  binolarni 

ko‘zdan kechirishda qaror chiqarishi lozim

5



Xo’sh, endilikda biz muhokama qilayotgan holat yuzasidan keyingi davom 

etadigan  jarayon  bu,  ko’zdan  kechirishning  hodisa  sodir  bo’lgan  joyni  ko’zdan 

kechirish hisoblanadi. 

Biz endilikda, hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishga ham qisqacha 

ta’rif berib ketishni lozim topdik. 

Hodisa sodir  bo‘lgan  joyni  ko‘zdan  kechirish  tergov  harakati  obyekti  katta 

maydonlar va binolar bo‘lgan hollarda ko‘zdan kechirish bir necha surishtiruvchi 

yoki  tergovchi  tomonidan  amalga  oshirilishi  mumkin,  bunda  ularning  har  biri 

kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirishi lozim.  

Bunday  ko‘zdan  kechirish  shaklida  hodisa  joyi  sektorlarga  bo‘linadi  va 

tegishli  tartibda  ko‘zdan  kechiriladi.  Rasmiylashtirilgan  barcha  hodisa  sodir 

                                                      

5

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016;  




bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomalari taqsimotdan kelib chiqqan holda 

birin ketinlikda jamlanadi.  

Hodisa  sodir  bo‘lgan  joydan  olingan  barcha  narsalar,  hujjatlar  va  izlar 

xolislar ishtirokida o‘raladi va muhrlanadi.  

Katta  hajmdagi  narsalar  olinmaydi  va  muhrlanmaydi,  lekin  surishtiruvchi 

yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko‘rishi lozim. Saqlash choralari mulkni 

egasi, qo‘riqlash xizmatlari qaramog‘ida qoldirish yoki soqchilik tashkil qilish va 

boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin

6

.  


Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  shuni  aytish  mumkinki  tergovchi  ko‘zdan 

kechirish jarayonini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirgan. 

4.  Jabrlanuvchining  etkazilgan  tan  jarohat  hususiyatini  aniqlash  maqsadida 

statsionar  ko‘rikdan  o‘tkazish  uchun  tibbiy  muassasaga  majburiy  joylashtirilishi 

huquqiy  asosga  ega.  Chunki,  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat-protsessual 

kodeksining 265-moddasi 4-qismida quyidagilar keltirib o’tilgan: 

Jabrlanuvchilar  va  guvohlar  tegishli  sud  ekspertizasini  o‘tkazish  uchun 

tibbiy  muassasaga  majburiy  joylashtirilishi  mumkin  emas,  ular  gumon 

qilinuvchining, 

ayblanuvchining, 

sudlanuvchining 

Jinoyat 


kodeksi 

15-


moddasining to‘rtinchi  va  beshinchi  qismlarida nazarda  tutilgan  og’ir  yoki  o’ta 

og’ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan ko’rsatuvlarning 

ishonchliligini  tekshirishning  boshqa  imkoniyati  bo’lmagan  holler  bundan 

mustasno


7

Hop,  endi  bizda  savol  ichidan  savol  tug’iladi  fuqaro  Sindarov  sodir  etgan 



jinoyatining  xususiyati  va  ijtimoiy  xavflilik  darajasi  og’ir  yoki  o’ta  og’ir 

jinoyatlar sarasiga kiradimi? 

Biz fuqaro Sindarov sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik 

darajasi  og’ir  yoki  o’ta  og’ir  jinoyatlar  sarasiga  kirishini  aniqlab  olishimizdan 

oldin o’g’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar qanday jinoyatlar ekanligiga qisqacha ta’rif 

berib ketishni lozim topdik. 

Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n 

yildan  ko‘p  bo‘lmagan  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  nazarda 

tutilgan jinoyatlar kiradi. 

O‘ta  og‘ir  jinoyatlarga  qasddan  sodir  etilib,  qonunda  o‘n  yildan  ortiq 

muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  yoxud  umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish 

jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi

8



Endilikda  biz,  og’ir  yoki  o’ta  og’ir  jinoyatlarni  qanday  jinoyat  ekanligini 



aniqlab  olganimizdan  keyin  to’g’ridan-to’g’ri  fuqaro  Sindarov  sodir  etgan 

jinoyatiga  nechchi  yil  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  tayinlanishini  ko’rib 

chiqishimiz 

uchun  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat  kodeksi  164-

modda(Bosqinchilik) 2-qismiga yuzlanamiz. 

Bosqinchilik,  ya’ni  o‘zganing  mol-mulkini  talon-toroj  qilish  maqsadida 

hujum  qilib,  hayot  yoki  sog‘liq  uchun  xavfli  bo‘lgan  zo‘rlik  ishlatib  yoxud 

shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa jinoyat hisoblanadi. 

                                                      

6

 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; 



7

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 265-moddasi 4-qismi; 

8

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari 




Mazkur moddamizning 2-qismida quyidagilar keltirib o’tilgan: 

Bosqinchilik  jinoyati  a)  qurol  yoki  qurol  sifatida  foydalanish  mumkin 

bo‘lgan  boshqa narsalarni ishlatib;  b) bir guruh  shaxslar tomonidan  oldindan til 

biriktirib; v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir 

etilgan  bo‘lsa,  sakkiz  yildan  o‘n  yilgacha  ozodlikdan  mahrum  qilish  bilan 

jazolanadi

9



Demak  yuqorida  keltirilgan  ma’nbalardan  kelib  chiqib  shuni  aytamizki 



fuqaro  Sindarov  tomonidan  sodir  etilgan  ijtimoiy  xavfli  qilmish  O’zbekiston 

Respublikasi  jinoyat  kodeksi  164-modda(Bosqinchilik)  2-qismi  “a”  va  “v” 

bandlariga to’g’ri kelib og’ir jinoyatlar sarasiga kiradi. 

Biz  fuqaro  Sindarov  tomonidan  sodir  etilgan  ijtimoiy  xavfli  qilmishni 

nimaga 

aynan 


O’zbekiston 

Respublikasi 

jinoyat 

kodeksi 


164-

modda(Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan tasniflaganimizni sababini 

aytib  o’tishdan  oldin  sovuq  qurol  va  ancha  miqdorlarga  qisqacha  ta’rif  berib 

o’tishni lozim topdik. 

Sovuq  qurol- shikast  yetkaziladigan  obyekt  bilan  bevosita  to‘qnashish 

chog‘ida  odamning  jismoniy  kuchi  yordamida  nishonni  urish  uchun 

mo‘ljallangan qurol

10



Ancha  miqdor-  bazaviy  hisoblash  miqdorining  yuz  baravaridan  uch  yuz 

baravarigacha bo’lgan miqdor

11



Yuqoridagi vaziyatni yana bir eslab olsak, fuqaro Sindarov Toshkent shahar, 



Sergeli  tumani,  Bog‘ishams  ko‘chasi,  10-uy,  11-xonadonida  istiqomat  qiluvchi 

jabrlanuvchining  mulkini  bosqinchilik  yo‘li  bilan  qo‘lga  kiritish  maqsadida, 

jabrlanuvchiga  o‘zi  tomonidan  oldindan  tayyorlangan  o‘tkir  tig‘li  temir  parchasi 

bilan jaroxat etkazib uning xonadonidan umumiy qiymati 15.000.000 so‘mlik tilla 

taqinchoqlar, 1500 AQSH dollari miqdoridagi naqd pul mabalag‘larini olib voqea 

joyidan  yashirinadi.  Yuqorida  ayilganlardan  ko’rinadikiy  mazkur  holat 

O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat  kodeksi  164-modda(Bosqinchilik)  2-qismi  “a” 

va  “v”  bandlari  bilan  tasniflashimizga  asos  bo’ladi  va  mazkur  ijtimoiy-xavli 

qilmish og’ir jinoyatlar turiga kiradi. 

Mazkur 


keltirilgan  ma’lumotlarimizni  4-savolimizga  javob  qilib 

jabrlanuvchining  etkazilgan  tan  jarohat  hususiyatini  aniqlash  maqsadida 

statsionar  ko‘rikdan  o‘tkazish  uchun  tibbiy  muassasaga  majburiy  joylashtirilishi 

huquqiy asosga ega. 

Yuqorida  keltirib  o’tilgan  tahliliy  firklarni  umumlashtirgan  holda  xulosa 

qilar ekanmiz. Birinchidan, fuqaro Sindarovning harakatlari unga nisbatan tuman 

prokuraturasi  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat  kodeksining  tegishli 

moddalari  bilan  jinoyat  ishi  qo’zg’atilishiga  sabab  bo’ladi.  Ikkinchidan,  fuqaro 

Sindorov  tomonidan  olib kelingan va  voqea  joyida  qoldirilgan  o‘tkir tig‘li  temir 

jism  tuman  prokuraturasi  tomonidan  jinoyat  ishi  qo‘zg‘atilishiga  asos  bo’ladi. 

Uchinchidan,  tergovchi  ko‘zdan  kechirish  jarayonini  qonunda  belgilangan 

tartibda  amalga  oshirgan.  To’rtinchidan,  jabrlanuvchining  etkazilgan  tan  jarohat 

                                                      

9

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 164-modda 



10

 O’zbekiston Respublikasining qurol to’g’risidagi qonuni 3-modda 5-qismi; 

11

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi sakkizinchi bo’lim. Atamalarning huquqiy ma’nosi. 




hususiyatini  aniqlash  maqsadida  statsionar  ko‘rikdan  o‘tkazish  uchun  tibbiy 

muassasaga majburiy joylashtirilishi huquqiy asosga ega. 

 

 

 




6- Kazus 

  2020-yil 23-fevral kuni soat 7:00 larda Sergeli tumani IIO FMBga fuqaro 

D.Amirova  tomonidan  jinoyat  sodir  etilganligi  haqidagi  ma’lumot  aks  etgan 

ariza kelib tushdi. Sergeli tumani IIO tergovchisi Olimov 2020-yil 23-fevral soat 

8:00  larda  fuqaro  D.Amirovaning  arizasini  tekshirish  maqsadida  JPKning  132-

moddasida  belgilangan  tartibda  “ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 

tekshirish” tergov harakatini Sergeli tumani “Olmazor” ko‘chasida o‘tkazadi.  

Tergov  harakati  natijasida  O‘zbekiston  Respublikasi  JK  173-moddasi  1-

qismida  nazarda  tutilgan  jinoyat  sodir  etilganligini  isbotlovchi  jinoyat  izlari 

aniqlandi va bu izlar natijasida tergovchi tomonidan holatga nisbatan jinoyat ishi 

qo‘zg‘atildi.  Aniqlanishicha,  jinoyatni  jabrlanuvchi  oilasiga  yaqin  bo‘lgan 

fuqaro-advokat  Qosimov  Izzatilla  sodir  etgan.  Unga  nisbatan  tuman  prokurori 

iltimosiga binoan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot sorasi qo‘llanildi. 

Tergov  davomida  Qosimov  tomonidan  mazkur  jinoyat  sodir  etilganligini 

tasdiqlovchi videoyozuv anonim shaxs tomonidan tergov organiga yuborilgan. 

Mazkur  holatga  Jinoyat-protsessual  qonunchiligiga  asoslangan  holda 

huquqiy baho bering. 

 

 



 


Biz  mazkur  muammoli  vaziyatni  tahlil  qilishni  boshlar  ekanmiz.  Avvalo, 

kazusni  yana  ham  ochish  harakat  qilamiz.  Ya’ni,  muammoli  vaziyat  ichidan 

savollarni ajratib olamiz. 

1.  Segeli  tumani  IIO  tergovchisi  Olimovning  harakatlari  huquqiy  asosga 

egami? 

2.  Ushbu  vaziyatda  tuman  prokurorining  advokat  Qosimov  Izzatillaga 

nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi huquqiy asosga egami? 

1. Segeli tumani IIO tergovchisi Olimovning harakatlari huquqiy asosga ega. 

Chunki, 

Birinchidan, ushbu vaziyatda tergovchi Olimov jinoyat ishi qanday asoslarga 

ko’ra  qo’zg’agan?  Muammoli  vaziyatda  bayon  qilinganidek,  2020-yilning  23-

fevral  kuni  soat  7:00  larda  Sergeli  tumani  IIO  FMBga  fuqaro  D.Amirova 

tomonidan  jinoyat  sodir  etilganligi  haqidagi  ma’lumot  aks  etgan  ariza  kelib 

tushadi.  Shu  kunning  o’zida,  soat  8:00  larda  tergovchi  Olimov  fuqaro 

D.Amirovaning  arizasini  tekshirish  maqsadida  JPKning  132-moddasi  tartibida 

hodisa sodir bo’lgan joyga, ya’ni Sergeli tumani “Olmazor” ko’chasida JPKning 

133-moddasida  belgilangan  tartibda  o’tkazadi.  Shuningdek,  ushbu  vaziyatda 

JPKning  134-moddasi  tartibida  ko‘rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo‘lgan  joyda 

tekshirish bayonnomasida aks ettiradi.  

Ikkinchidan,  tergovchi  Olimov  mazkur  vaziyatda  Jinoyat  kodeksining  173-

moddasi  1-qismi  bilan  jinoyat  ishini  qo’zg’ashiga    Jinoyat-protsessual 

kodeksining  322-moddasi  1-qismining  birinchi  va  to’rtinchi  bandlari  asos 

bo’lgan. Jumladan, JPKning 322-moddasi 1-qismi birinchi bandida  “shaxslarning 

arizalari” jinoyat ishini qo’zg’ashda asos bo’ladi deyilgan. Shuningdek, JPKning 

324-moddasida  shaxslarining  arizalariga  qo’yiladiga  talablar  va  uning  shakillari 

bayon  etilgan.  Ushbu  holatda  fuqaro  D.Amirova  Sergeli  tumani  IIO  FMBga 

fuqaro  D.Amirova  jinoyat  sodir  etilganligi  haqidagi  ma’lumot  aks  etgan  ariza 

bilan murojaat qilmoqda.  JPKning 322-moddasi 1-qismi to’rtinchi bandida esa:  

“jinoyat  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi  ma’lumotlar  va  izlarni 

surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  shuningdek  tergovga  qadar  tekshiruvni 

amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi”

12

 aytib o’tilgan. 



 Bundan  tashqari,  328-moddada   jinoyat  sodir  etilganligini  ko‘rsatuvchi 

ma’lumotlar  va  izlarni  surishtiruvchi,  tergovchi,  prokuror,  shuningdek  tergovga 

qadar  tekshiruvni  amalga  oshiruvchi  organning  bevosita  o‘zi  aniqlashi  jinoyat 

ishini  qo’zg’ashga  asos  bo’lish  aytilgan.  Mazkur  muammoli  vaziyatda  esa 

tergovchi  Olimov  JPKning  15-  bobi  (Ko’rsatuvlarni  hodisa  sodir  bo’lgan  joyda 

tekshirish)  normalariga  asosan  hodisa  joyini  tekshirmoqda  va  JPKning  331-

moddasi tartibida jinoyat ishini qo’zg’agan. 

2.  Ushbu  vaziyatda  tuman  prokurorining  advokat  Qosimov  Izzatillaga 

nisbatan  uy  qamog’i  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo’llashi  huquqiy  asosga  ega 

emas.  Chunki,  O’zbekiston  Respiblikasining  1996-yil  27-dekabrdagi  №349-I-

sonli  “Advokatura  to’g’risida”gi  qonuning  10-moddasi  advokatlik  faoliyatining 

kafolatlari belgilangan. Mazkur moddaning 5-qismida shunday  norma mavjud:  

                                                      

12

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 322-moddasi 1-qismi to’rtinchi bandi;           




“Advokatga  nisbatan  jinoiy  ish  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori,  viloyatlar,  Toshkent  shahar 

prokurorlari  va  ularga  tenglashtirilgan  prokurorlar  tomonidan  qo‘zg‘atilishi 

mumkin”


13

Bundan  tashqari,  O’zbekiston  Respiblikasining  1998-yil  25-dekabrdagi 



№721-I-sonli  “Advokatlik  faoliyatining  kafolatlari  va  advokatlarning  ijtimoiy 

himoyasi to’g’risida”gi qonuning 6-moddasi quyidagicha norma mavjud: 

“Advokatning  shaxsi  daxlsiz.  Advokatning  daxlsizligi  uning  uy-joyiga, 

xizmat  xonasiga,  foydalanishidagi  transporti  va  aloqa  vositalariga,  uning  xat-

xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir. 

Advokatga  nisbatan  jinoyat  ishi  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori,  viloyat,  Toshkent  shahar  prokurori  va 

ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. 

Advokatning  uy-joyi  yoki  xizmat  xonasiga,  shaxsiy  yoki  foydalanishidagi 

transportiga  kirish,  ularni  ko‘zdan  kechirish,  tintuv  o‘tkazish  yoki  olib  qo‘yish, 

uning  telefon  va  boshqa  so‘zlashuv  qurilmalari  orqali  olib  boriladigan 

so‘zlashuvlarini eshitib turish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan 

o‘tkazish,  xuddi  shuningdek  uning  pochta-telegraf  jo‘natmalarini,  unga  tegishli 

ashyolar  va  hujjatlarni  ko‘zdan  kechirish  yoki  olib  qo‘yish,  advokatni  majburiy 

keltirish, 

ushlab 


turish 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Bosh 


prokurori, 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori,  viloyat,  Toshkent  shahar  prokurori  va 

ularga  tenglashtirilgan  prokurorlarning  sanksiyasi  bilan  amalga  oshirilishi 

mumkin. 


Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan 

O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurori,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi 

prokurori,  viloyat  prokurorlari,  Toshkent  shahar  prokurori  va  ularga 

tenglashtirilgan  prokurorlarning  iltimosnomasiga  ko‘ra  jinoyat  ishlari  bo‘yicha 

tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin.

 

Advokatning  ish  bo‘yicha  huquqiy  nuqtai  nazariga  nisbatan  surishtiruv 



organi,  tergovchi,  prokuror  taqdimnoma  kiritishi,  shuningdek  sud  xususiy  ajrim 

chiqarishi mumkin emas. 

Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam 

ko‘rsatganligi  munosabati  bilan  jinoiy,  moddiy  va  boshqa  javobgarlikka  tortish 

yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas”

14



Yuqoridagi  normalardan  xulosa  qilish  mumkinki,  ushbu  vaziyatda  tuman 

prokurori  advokat  Qosimov  Izzatillaga  nisbatan  tuman  prokurorining  iltimosiga 

asosan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash huquqiga ega emas akan. 

Chunki,  mazkur  holatda  advokat  Qosimov  Izzatillaga  nisbatan  uy  qamog’i 

tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo’llash  bo’yicha  iltimosnoma  kiritayotgan  prokuror 

tuman  prokurori.  Ushbu  holatda  advokat  Qosimov  Izzatillaga  nisbatan  uy 

qamog’i  tarzidagi  ehtiyot  chorasini  qo’llash  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokurori,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  prokurori,  viloyat,  Toshkent  shahar 

prokurori  va  ularga  tenglashtirilgan  prokurorlarning  sanksiyasi  bilan  amalga 

                                                      

13

 O’zbekiston Respiblikasining 1996-yil 27-dekabrdagi №349-I-sonli “Advokatura to’g’risida”gi qonun; 



14

O’zbekiston Respiblikasining 1996-yil 27-dekabrdagi №349-I-sonli “Advokatura to’g’risida”gi qonun; 




oshirilishi mumkin. 

Ushbu  muammoli  vaziyatda  anonim  shaxs  tomonidan  mazkur  jinoyatni 

Qosimov tomonidan sodir etilganligini tasdiqlovchi videoyozuv tergov organiga 

yuboriladi.  Mazkur  videoyozuv  Jinoyat-protsesula  kodeksining  81-moddasiga 

muvofiq  dalil  hisoblandi.  Ushbu  holatni  JPKning  323-moddasi  (Jinoyat  ishini 

anonim  xabarlarga  asosan  qo‘zg‘atishga  yo‘l  qo‘yilmasligi)  bilan  chalkashtrib 

yubormaslik lozim. JPKning 323-moddasi: 

“Jinoyat  haqidagi  imzosiz,  qalbaki  imzoli  yoki  uydirma  shaxs  nomidan 

yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun 

sabab bo‘la olmaydi”

15



Yuqorida  keltirib  o’tilgan  tahliliy  firklarni  umumlashtirgan  holda  xulosa 



qilar ekanmiz. Birinchidan, Segeli tumani IIO tergovchisi Olimovning harakatlari 

huquqiy  asosga  ega.  Mazkur  vaziyatda  tergovchi  Olimov  tergov  harakatlarini 

Jinoyat-protsessual  kodeksi normalariga  asoslangan  holda  yuritgan.  Ikkinchidan, 

Ushbu  vaziyatda  tuman  prokurorining  advokat  Qosimov  Izzatillaga  nisbatan  uy 

qamog’i  tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi huquqiy  asosga  ega  emas.  Chunki, 

advokatning daxilsizligi  O’zbekiston  Respiblikasining  “Advokatlik  faoliyatining 

kafolatlari  va  advokatlarning  ijtimoiy  himoyasi  to’g’risida”gi  va  “Advokatura 

to’g’risida”gi  qonunlari  bilan  himoya  qilinadi.  Uchunchidan,  anonim  shaxs 

tomonidan  yuborilgan  videoyozuv  JPKning  81-moddasi  talablaridan  kelib 

chiqqan holda, dalil sifatida qabul qilinadi. 

 

 

                                                      



15

 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 323-modda 



Download 138.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling