Fuqaro Sindorov o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish
Download 138.57 Kb. Pdf ko'rish
|
4 - Kazus Fuqaro Sindorov o‘zganing mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, shaxsga o‘zi tomonidan oldindan tayyorlangan o‘tkir tig‘li temir parchasi bilan jaroxat etkazib, shu yo‘l bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kirish maqsadida harakat qilib, 2020 yilning 10 oktyabr kuni tungi soat 01:30 larda Toshkent shahar, Sergeli tumani, Bog‘ishams ko‘chasi, 10-uy, 11-xonadonga keladi va xonadon eshigini ochgan jabrlanuvchi fuqaroning ko‘krak qafasiga o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism bilan bir necha marotaba tan jarohati etkazib uni xushsiz holatga keltiradi. Shundan keyin xonadon ichkarisiga kirib uyni ko‘zdan kechiradi va uyda boshqa shaxslar bo‘lmaganligi sababli, xonadonning barcha xonalaridagi shkaflarni birma bir ochib ko‘rib, shkaflar ichidan umumiy qiymati 15.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlar, 1500 AQSH dollari miqdoridagi naqd pul mabalag‘larini olib voqea joyidan yashirinadi. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 164-moddasi tegishli bandlari va 25, 97- moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayonida tergovchi jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan olib kelingan va voqea joyida qoldirilgan o‘tkir tig‘li temir jism daliliy ashyo tariqasida oladi. Jabrlanuvchiga etkazilgan tan jarohat hususiyatini aniqlash maqsadida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirildi. Mazkur holatga jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida huquqiy baho bering.
Biz mazkur holatga jinoyat-protsessual qonunchiligi asosida huquqiy baho berishdan oldin quyidagi savollarni o’rtaga tashlashni lozim topdik. Savol: 1. Mazkur jinoyat protsessi nimalardan iborat? 2. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga nima asos bo’lib xizmat qiladi? 3. Mazkur holat yuzasidan tergovchi voqea joyini ko‘zdan kechirish jarayoni to’g’ri amalga oshirganmi? 4. Jabrlanuvchining etkazilgan tan jarohat hususiyatini aniqlash maqsadida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi huquqiy asosga egami? Javob:
1. Biz ushbu savolga javob berishdan oldin jinoyat protsessi va uning vazifalariga qisqacha ta’rif berib o’tishni lozim topdik. Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga zaruriyat jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi. Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir bo‘lish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va adolatli jazoga tortish davlatning vazifalariga kiradi 1 .
solingan surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlari va jinoyat ishi yurituvi boshqa ishtirokchilarining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasi, sudning qaror, ajrim va hukmini qayta ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini ijro etish kabi bosqichlarni qamrab olgan faoliyati bo‘lib, u jabrlanuvchining, jinoiy ta’qib etilayotgan shaxsning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jinoyat qonuni normalarini munosib qo‘llashini ta'minlashga qaratilgan. Jinoyat protsessi qonunga asoslangan faoliyatdir. Qonuniylikka qat’iy rioya etish, huquqiy tartibotning har qanday buzilishlariga qarshi kurash, uni yuzaga keltiradigan sabab va shart-sharoitlarning oldini olishning dasturiy vazifasiga mos ravishda jinoyat-protsessual qonuni hujjatlarida jinoyat protsessining vazifalari belgilangan. Bular quyidagilardan iborat: Jinoyatlarni tez va to‘la ochish; Aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etish; Qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash; Jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berish 2 ; Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki ushbu vaziyatda fuqaro Sindarovning harakatlari unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilishiga sabab bo’ladi. 2. Biz mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga nima asos
1 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 1-modda; 2 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; bo’lishini aniqlab olishimizdan oldin jinoyat ishini qo‘zg‘atishga qisqacha ta’rif berishni lozim topdik. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish – protsessning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslar yetarli sabablar bo‘lganda, ish bo‘yicha yurituvni boshlash uchun asoslar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror jinoyat protsessi tartib-taomillarini harakatga keltiradi, keyingi bosqichlarda tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun huquqiy asosni vujudga keltiradi hamda dastlabki tergov muddatlarini hisoblash muddatini boshlanishini belgilaydi 3 . Jinoyat ishini qo‘zg‘atish sabablari quyidagilardan iborat: shaxslarning arizalari; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar, ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning bevosita o‘zi aniqlashi; aybini bo‘yniga olish haqidagi arz. Jinoyat ishini qo’zg’atish asoslari bu Jinoyat belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar hisoblanadi 4 . Yuqoridagi keltirib o’tilgan fikrlardan kelib chiqadiki mazkur vaziyatda fuqaro Sindorov tomonidan olib kelingan va voqea joyida qoldirilgan o‘tkir tig‘li temir jism tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bo’ladi. 3. Biz ushbu savolga javob berishdan oldin ko’zdan kechirish tushunchasini to’liq yoritib o’tishni lozim topdik. Ko‘zdan kechirish deganda, biron bir moddiy obyektning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish orqali inson ongida mazkur obyekt haqida tasavvur xosil qilishi tushuniladi. Tergov harakati sifatida ko‘zdan kechirish esa ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlash uchun moddiy obyektlarning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plashga yo‘naltirilgan harakat hisoblanadi. Ko‘zdan kechirish tergov harakatini asosi sifatida jinoyat izlari, ashyoviy dalillarni topish, hodisa sodir bo‘lgan vaziyatni va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashtirish maqsadi belgilab berilgan. Ko‘zdan kechirish tergov harakatini amalga oshirish vakolati surishtiruvchi, tergovchi va sudga berilgan. Ko‘zdan kechirish tergov harakati obyektlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joy, murda, hayvonlar, tevarak-atrof, binolar, narsalar va hujjatlar keltirib o‘tilgan. Bulardan tashqari ko‘zdan kechirish obyektlari sifatida tirik odam, pochta-telegraf jo‘natmalari ham hisoblanadi. Biroq tirik odamni ko‘zdan kechirish alohida mustaqil guvohlantirish tergov harakati talablari asosida amalga oshiriladi.
3 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; 4 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 322-modda Pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish esa tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlari tarkibiga kiritilgan pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash jarayonida belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi belgilangan. Narsalarni olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish chog‘ida topilgan narsa va hujjatlar shu tergov harakatlarini o‘tkazish uchun belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘zdan kechirilishi lozimligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 136-moddasida ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari mustahkamlangan. Unga ko‘ra surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ko‘zdan kechirish xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Xolis sifatida yashash va ish joylari aniq bo‘lgan, aqli raso, eshitish va ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish zarur. Xolislikka savodsiz, jazo o‘tayotgan, tilni yaxshi bilmaydigan shaxslarni va huquqni muhofaza qilish idoralarida ishlaydigan xodimlarni jalb qilmaslik kerak. Jinoyat ishi sudda ko‘rilayotgan vaqtda ko‘zdan kechirishga zarurat tug‘ilsa, sud bu haqda ajrim chiqarishi va ko‘zdan kechirishni taraflar ishtirokida o‘tkazishi lozimligi ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish aynan ana shu joyda jinoyat sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqida ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda o‘tkaziladi. U boshlang‘ich va kechiktirib bo‘lmaydigan eng muhim tergov harakati hisoblanadi, aks holda jinoyat izlari tabiiy ta’sirlar natijasida buzilib ketishi, ataylab yo‘qotilishi mumkin. Shu sababli tergovchi hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar olishi bilan har qanday ob-havo sharoitiga, vaqtga qaramay darhol o‘sha joyga yetib borishi va ko‘zdan kechirishni boshlashi lozim bo‘ladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda haqiqiy hodisa holatini aniqlash va xolisona tergovni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, ya’ni ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarning ahvoli, o‘ziga xos belgilari aniqlanadi. Shuningdek sodir bo‘lgan hodisaning xususiyati, jinoyatchining shaxsi va maqsadi kabi holatlar ham aniqlanadi. Demak, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tushunchasiga umumiy tushuncha beradigan bo‘lsak, bu tergov xarakati surishtiruvchi, tergovchi va sudlarning hodisa sodir bo‘lgan joyni sinchiklab o‘rganib chiqishi va bu yerdan tegishli dalil, ashyolarning topishlari va ularni jinoyatga tegishli yoki tegishli emasligi o‘rganib chiqishiga qaratilgan umumiy faoliyatiga aytiladi. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish birinchi navbatda quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi: - hodisa yuz bergan joyning holatlari bilan shaxsan tanishish; - ish bo‘yicha ahamiyatli bo‘lgan dalillarni, izlarni, narsa, qurol va hujjatlarni topish, qayd qilish va olish; - hodisa natijasida yuz bergan o‘zgarishlarni aniqlash; - jinoiy hodisasi holatlari bo‘yicha tergovni qiziqtiruvchi masalalarni hal qilish;
- jinoyat ishi yuzasidan tusmollarni tuzish va ularni tekshirish; - jinoyatchi yoki qidirilishi lozim bo‘lgan guvohlarni ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni topish; - tergov davomida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalarini tekshirib ko‘rishga imkon beradigan ma’lumotlarni yig‘ish. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda hodisa sodir bo‘lgan joy jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ham ko‘zdan kechirilishi mumkin. Bunga jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilovchi qonun normalari bilan ruxsat berilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan oldin ko‘zdan kechirish faqatgina surishtiruvchi va tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, sud bunday ko‘zdan kechirishni amalga oshira olmaydi. Bu mamlakatimizda sudlar tomonidan jinoyat ishini qo‘zg‘atish faoliyati amalga oshirilmasligi bilan izohlanadi. Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ko‘zdan kechirish o‘tkazilganidan so‘ng kechi bilan yetmish ikki soatda, alohida hollarda esa, o‘n kun ichida jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqida yoki qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozimligi bayon etilgan. Agar ko‘zdan kechirish tartibining umumiy qoidalari hisoblansa, ko‘zdan kechirish tergov harakati turlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joyni, murdani, hayvonlarni, tevarak-atrofni, binolarni, narsalar va hujjatlarni ko‘zdan kechirishga ham taalluqli hisoblanadi. Demak, sudda ushbu turlardagi ko‘zdan kechirish lozim bo‘lgan barcha hollarda ajrim chiqarilishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 139-moddasi talablariga ko‘ra fuqaroning uyi yoki xizmat joylari tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirish obyekti sifatida o‘tayotgan bo‘lsa qaror yoki ajrim chiqarilishi belgilangan. Boshqa ko‘zdan kechirish turlarida bunday qoida keltirib o‘tilmagan. Demak, sud barcha hollarda ajrim chiqaradi, surishtiruvchi va tergovchi faqatgina tevarak-atrof va binolarni ko‘zdan kechirishda qaror chiqarishi lozim 5 . Xo’sh, endilikda biz muhokama qilayotgan holat yuzasidan keyingi davom etadigan jarayon bu, ko’zdan kechirishning hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish hisoblanadi. Biz endilikda, hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishga ham qisqacha ta’rif berib ketishni lozim topdik. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakati obyekti katta maydonlar va binolar bo‘lgan hollarda ko‘zdan kechirish bir necha surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bunda ularning har biri kamida ikki nafar xolis ishtirokida ko‘zdan kechirishi lozim. Bunday ko‘zdan kechirish shaklida hodisa joyi sektorlarga bo‘linadi va tegishli tartibda ko‘zdan kechiriladi. Rasmiylashtirilgan barcha hodisa sodir
5 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomalari taqsimotdan kelib chiqqan holda birin ketinlikda jamlanadi. Hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan barcha narsalar, hujjatlar va izlar xolislar ishtirokida o‘raladi va muhrlanadi. Katta hajmdagi narsalar olinmaydi va muhrlanmaydi, lekin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni saqlash choralarini ko‘rishi lozim. Saqlash choralari mulkni egasi, qo‘riqlash xizmatlari qaramog‘ida qoldirish yoki soqchilik tashkil qilish va boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin 6 .
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki tergovchi ko‘zdan kechirish jarayonini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirgan. 4. Jabrlanuvchining etkazilgan tan jarohat hususiyatini aniqlash maqsadida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi huquqiy asosga ega. Chunki, O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 265-moddasi 4-qismida quyidagilar keltirib o’tilgan: Jabrlanuvchilar va guvohlar tegishli sud ekspertizasini o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi mumkin emas, ular gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining Jinoyat
kodeksi 15-
moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etganligini fosh qilayotgan va ular bergan ko’rsatuvlarning ishonchliligini tekshirishning boshqa imkoniyati bo’lmagan holler bundan mustasno
7 . Hop, endi bizda savol ichidan savol tug’iladi fuqaro Sindarov sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar sarasiga kiradimi? Biz fuqaro Sindarov sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar sarasiga kirishini aniqlab olishimizdan oldin o’g’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlar qanday jinoyatlar ekanligiga qisqacha ta’rif berib ketishni lozim topdik. Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi 8 .
aniqlab olganimizdan keyin to’g’ridan-to’g’ri fuqaro Sindarov sodir etgan jinoyatiga nechchi yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishini ko’rib chiqishimiz uchun O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 164- modda(Bosqinchilik) 2-qismiga yuzlanamiz. Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa jinoyat hisoblanadi.
6 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti jinoyat-protsessual darsligi; Umumiy qism; Toshkent 2016; 7 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 265-moddasi 4-qismi; 8 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 15-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlari Mazkur moddamizning 2-qismida quyidagilar keltirib o’tilgan: Bosqinchilik jinoyati a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi 9 .
fuqaro Sindarov tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 164-modda(Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “v” bandlariga to’g’ri kelib og’ir jinoyatlar sarasiga kiradi. Biz fuqaro Sindarov tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni nimaga aynan
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi
164- modda(Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan tasniflaganimizni sababini aytib o’tishdan oldin sovuq qurol va ancha miqdorlarga qisqacha ta’rif berib o’tishni lozim topdik. Sovuq qurol- shikast yetkaziladigan obyekt bilan bevosita to‘qnashish chog‘ida odamning jismoniy kuchi yordamida nishonni urish uchun mo‘ljallangan qurol 10 ; Ancha miqdor- bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo’lgan miqdor 11 ;
Sergeli tumani, Bog‘ishams ko‘chasi, 10-uy, 11-xonadonida istiqomat qiluvchi jabrlanuvchining mulkini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, jabrlanuvchiga o‘zi tomonidan oldindan tayyorlangan o‘tkir tig‘li temir parchasi bilan jaroxat etkazib uning xonadonidan umumiy qiymati 15.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlar, 1500 AQSH dollari miqdoridagi naqd pul mabalag‘larini olib voqea joyidan yashirinadi. Yuqorida ayilganlardan ko’rinadikiy mazkur holat O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 164-modda(Bosqinchilik) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan tasniflashimizga asos bo’ladi va mazkur ijtimoiy-xavli qilmish og’ir jinoyatlar turiga kiradi. Mazkur
keltirilgan ma’lumotlarimizni 4-savolimizga javob qilib jabrlanuvchining etkazilgan tan jarohat hususiyatini aniqlash maqsadida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi huquqiy asosga ega. Yuqorida keltirib o’tilgan tahliliy firklarni umumlashtirgan holda xulosa qilar ekanmiz. Birinchidan, fuqaro Sindarovning harakatlari unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo’zg’atilishiga sabab bo’ladi. Ikkinchidan, fuqaro Sindorov tomonidan olib kelingan va voqea joyida qoldirilgan o‘tkir tig‘li temir jism tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga asos bo’ladi. Uchinchidan, tergovchi ko‘zdan kechirish jarayonini qonunda belgilangan tartibda amalga oshirgan. To’rtinchidan, jabrlanuvchining etkazilgan tan jarohat
9 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 164-modda 10 O’zbekiston Respublikasining qurol to’g’risidagi qonuni 3-modda 5-qismi; 11 O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi sakkizinchi bo’lim. Atamalarning huquqiy ma’nosi. hususiyatini aniqlash maqsadida statsionar ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy muassasaga majburiy joylashtirilishi huquqiy asosga ega.
6- Kazus 2020-yil 23-fevral kuni soat 7:00 larda Sergeli tumani IIO FMBga fuqaro D.Amirova tomonidan jinoyat sodir etilganligi haqidagi ma’lumot aks etgan ariza kelib tushdi. Sergeli tumani IIO tergovchisi Olimov 2020-yil 23-fevral soat 8:00 larda fuqaro D.Amirovaning arizasini tekshirish maqsadida JPKning 132- moddasida belgilangan tartibda “ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish” tergov harakatini Sergeli tumani “Olmazor” ko‘chasida o‘tkazadi. Tergov harakati natijasida O‘zbekiston Respublikasi JK 173-moddasi 1- qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etilganligini isbotlovchi jinoyat izlari aniqlandi va bu izlar natijasida tergovchi tomonidan holatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aniqlanishicha, jinoyatni jabrlanuvchi oilasiga yaqin bo‘lgan fuqaro-advokat Qosimov Izzatilla sodir etgan. Unga nisbatan tuman prokurori iltimosiga binoan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot sorasi qo‘llanildi. Tergov davomida Qosimov tomonidan mazkur jinoyat sodir etilganligini tasdiqlovchi videoyozuv anonim shaxs tomonidan tergov organiga yuborilgan. Mazkur holatga Jinoyat-protsessual qonunchiligiga asoslangan holda huquqiy baho bering.
Biz mazkur muammoli vaziyatni tahlil qilishni boshlar ekanmiz. Avvalo, kazusni yana ham ochish harakat qilamiz. Ya’ni, muammoli vaziyat ichidan savollarni ajratib olamiz. 1. Segeli tumani IIO tergovchisi Olimovning harakatlari huquqiy asosga egami? 2. Ushbu vaziyatda tuman prokurorining advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi huquqiy asosga egami? 1. Segeli tumani IIO tergovchisi Olimovning harakatlari huquqiy asosga ega. Chunki, Birinchidan, ushbu vaziyatda tergovchi Olimov jinoyat ishi qanday asoslarga ko’ra qo’zg’agan? Muammoli vaziyatda bayon qilinganidek, 2020-yilning 23- fevral kuni soat 7:00 larda Sergeli tumani IIO FMBga fuqaro D.Amirova tomonidan jinoyat sodir etilganligi haqidagi ma’lumot aks etgan ariza kelib tushadi. Shu kunning o’zida, soat 8:00 larda tergovchi Olimov fuqaro D.Amirovaning arizasini tekshirish maqsadida JPKning 132-moddasi tartibida hodisa sodir bo’lgan joyga, ya’ni Sergeli tumani “Olmazor” ko’chasida JPKning 133-moddasida belgilangan tartibda o’tkazadi. Shuningdek, ushbu vaziyatda JPKning 134-moddasi tartibida ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish bayonnomasida aks ettiradi. Ikkinchidan, tergovchi Olimov mazkur vaziyatda Jinoyat kodeksining 173- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishini qo’zg’ashiga Jinoyat-protsessual kodeksining 322-moddasi 1-qismining birinchi va to’rtinchi bandlari asos bo’lgan. Jumladan, JPKning 322-moddasi 1-qismi birinchi bandida “shaxslarning arizalari” jinoyat ishini qo’zg’ashda asos bo’ladi deyilgan. Shuningdek, JPKning 324-moddasida shaxslarining arizalariga qo’yiladiga talablar va uning shakillari bayon etilgan. Ushbu holatda fuqaro D.Amirova Sergeli tumani IIO FMBga fuqaro D.Amirova jinoyat sodir etilganligi haqidagi ma’lumot aks etgan ariza bilan murojaat qilmoqda. JPKning 322-moddasi 1-qismi to’rtinchi bandida esa: “jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi” 12 aytib o’tilgan. Bundan tashqari, 328-moddada jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita o‘zi aniqlashi jinoyat ishini qo’zg’ashga asos bo’lish aytilgan. Mazkur muammoli vaziyatda esa tergovchi Olimov JPKning 15- bobi (Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish) normalariga asosan hodisa joyini tekshirmoqda va JPKning 331- moddasi tartibida jinoyat ishini qo’zg’agan. 2. Ushbu vaziyatda tuman prokurorining advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi huquqiy asosga ega emas. Chunki, O’zbekiston Respiblikasining 1996-yil 27-dekabrdagi №349-I- sonli “Advokatura to’g’risida”gi qonuning 10-moddasi advokatlik faoliyatining kafolatlari belgilangan. Mazkur moddaning 5-qismida shunday norma mavjud:
12 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 322-moddasi 1-qismi to’rtinchi bandi; “Advokatga nisbatan jinoiy ish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin”
13 . Bundan tashqari, O’zbekiston Respiblikasining 1998-yil 25-dekabrdagi №721-I-sonli “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi qonuning 6-moddasi quyidagicha norma mavjud: “Advokatning shaxsi daxlsiz. Advokatning daxlsizligi uning uy-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanishidagi transporti va aloqa vositalariga, uning xat- xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga ham taalluqlidir. Advokatga nisbatan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Advokatning uy-joyi yoki xizmat xonasiga, shaxsiy yoki foydalanishidagi transportiga kirish, ularni ko‘zdan kechirish, tintuv o‘tkazish yoki olib qo‘yish, uning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, advokatni ko‘zdan kechirish va shaxsiy tintuvdan o‘tkazish, xuddi shuningdek uning pochta-telegraf jo‘natmalarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish yoki olib qo‘yish, advokatni majburiy keltirish, ushlab
turish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi advokatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat prokurorlari, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin.
Advokatning ish bo‘yicha huquqiy nuqtai nazariga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas. Advokatni yuridik va jismoniy shaxslarga qonunga muvofiq yuridik yordam ko‘rsatganligi munosabati bilan jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki unga shunday javobgarlikka tortish bilan tahdid qilish mumkin emas” 14 . Yuqoridagi normalardan xulosa qilish mumkinki, ushbu vaziyatda tuman prokurori advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan tuman prokurorining iltimosiga asosan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash huquqiga ega emas akan. Chunki, mazkur holatda advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash bo’yicha iltimosnoma kiritayotgan prokuror tuman prokurori. Ushbu holatda advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llash O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga
13 O’zbekiston Respiblikasining 1996-yil 27-dekabrdagi №349-I-sonli “Advokatura to’g’risida”gi qonun; 14 O’zbekiston Respiblikasining 1996-yil 27-dekabrdagi №349-I-sonli “Advokatura to’g’risida”gi qonun; oshirilishi mumkin. Ushbu muammoli vaziyatda anonim shaxs tomonidan mazkur jinoyatni Qosimov tomonidan sodir etilganligini tasdiqlovchi videoyozuv tergov organiga yuboriladi. Mazkur videoyozuv Jinoyat-protsesula kodeksining 81-moddasiga muvofiq dalil hisoblandi. Ushbu holatni JPKning 323-moddasi (Jinoyat ishini anonim xabarlarga asosan qo‘zg‘atishga yo‘l qo‘yilmasligi) bilan chalkashtrib yubormaslik lozim. JPKning 323-moddasi: “Jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki uydirma shaxs nomidan yozilgan xat, ariza yoki boshqa anonim xabarlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab bo‘la olmaydi” 15 .
qilar ekanmiz. Birinchidan, Segeli tumani IIO tergovchisi Olimovning harakatlari huquqiy asosga ega. Mazkur vaziyatda tergovchi Olimov tergov harakatlarini Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga asoslangan holda yuritgan. Ikkinchidan, Ushbu vaziyatda tuman prokurorining advokat Qosimov Izzatillaga nisbatan uy qamog’i tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashi huquqiy asosga ega emas. Chunki, advokatning daxilsizligi O’zbekiston Respiblikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to’g’risida”gi va “Advokatura to’g’risida”gi qonunlari bilan himoya qilinadi. Uchunchidan, anonim shaxs tomonidan yuborilgan videoyozuv JPKning 81-moddasi talablaridan kelib chiqqan holda, dalil sifatida qabul qilinadi.
15 O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 323-modda Download 138.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling