Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


-modda. YUridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik


Download 1.26 Mb.
bet22/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

50-modda. YUridik shaxslarni qayta tashkil etishda huquqiy vorislik
[СПиТ:
1.Юридик шахсларни қайта ташкил этиш / Қўшиб юбориш]
YUridik shaxslar qo‘shib yuborilganida ulardan har birining huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
[СПиТ:
1.Юридик шахсларни қайта ташкил этиш / Қўшиб олиш (бирлаштириш)]
YUridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‘shilganida, bu yuridik shaxsga qo‘shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq o‘tadi.
[СПиТ:
1.Юридик шахсларни қайта ташкил этиш / Бўлиш]
YUridik shaxs bo‘lingan taqdirda uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga o‘tadi.
[СПиТ:
1.Юридик шахсларни қайта ташкил этиш / Ажратиб чиқариш]
YUridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi.
[СПиТ:
1.Юридик шахсларни қайта ташкил этиш / Бир турдан бошқа турдаги юридик шахсга айлантириш]
Bir turdagi yuridik shaxs boshqa turdagi yuridik shaxsga aylantirilganida (tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirilganida), qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.02.00 Юридик шахсларни ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш. Юридик шахсларни давлат рўйхатига олиш]
51-modda. Topshirish hujjati va taqsimlash balansi
Topshirish hujjati va taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha kreditorlari va qarzdorlariga nisbatan barcha majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan taraflar bahslashayotgan majburiyatlar bo‘yicha ham, huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Topshirish hujjati va taqsimlash balansi yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) tomonidan yoki yuridik shaxslarni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan organ tomonidan tasdiqlanadi hamda ta’sis hujjatlari bilan birga yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki mavjud yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish uchun taqdim etiladi.
Ta’sis hujjatlari bilan birga tegishincha topshirish hujjatini yoki taqsimlash balansini taqdim etmaslik, shuningdek ularda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislik to‘g‘risidagi qoidalarning yo‘qligi yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning rad etilishiga olib keladi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.02.00 Юридик шахсларни ташкил этиш, қайта ташкил этиш ва тугатиш. Юридик шахсларни давлат рўйхатига олиш]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling