Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet37/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

3-kichik bo‘lim
OB’EKTLAR

6-BOB
UMUMIY QOIDALAR

[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.01.00 Умумий қоидалар]
81-modda. Fuqarolik huquqlari ob’ektlarining turlari
[СПиТ:
1.Фуқаролик ҳуқуқлари объектлари / Фуқаролик ҳуқуқлари объектлари]
Fuqarolik huquqlarining ob’ektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.
ОКОЗ:_1.'>82-modda. Fuqarolik huquqlari ob’ektlarining muomalada bo‘lishi
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.01.00 Умумий қоидалар]
Fuqarolik huquqlarining ob’ektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.02.00 Муомаладан олинган ва муомалада чекланган мол-мулк]
[СПиТ:
1.Фуқаролик ҳуқуқлари объектлари / Муомаладан чиқарилган объектлар]
Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari ob’ektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob’ektlar) qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.04.00.00 Фуқаролик қонунчилиги объектлари / 03.04.02.00 Муомаладан олинган ва муомалада чекланган мол-мулк]
[СПиТ:
1.Фуқаролик ҳуқуқлари объектлари / Муомалада бўлиши чекланган объектлар]
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan yoki muomalada bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan fuqarolik huquqlari ob’ektlarining (muomalada bo‘lishi cheklangan ob’ektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling