Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet6/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

1.Жавобгарлик / Зарар;
2.Жавобгарлик / Ҳақиқий зарар;
3.Жавобгарлик / Бой берилган фойда]
Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
15-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan etkazilgan zararni to‘lash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga etkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan etkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001 y., 1-2-son, 23-modda)
2-kichik bo‘lim
SHAXSLAR

[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.02.00.00 Фуқаролар (жисмоний шахслар) / 03.02.01.00 Умумий қоидалар]
3-BOB
FUQAROLAR (JISMONIY SHAXSLAR)

16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi
[СПиТ:
1.Фуқаролик / Фуқаро (жисмоний шахс)]
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qo‘llaniladi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.02.00.00 Фуқаролар (жисмоний шахслар) / 03.02.02.00 Фуқароларнинг ҳуқуқ лаёқати ва муомала лаёқати]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling