162-modda. Qo‘shimcha talablarga nisbatan da’vo muddatini qo‘llash
Asosiy talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tishi bilan qo‘shimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) bo‘yicha da’vo muddati ham o‘tgan hisoblanadi.
163-modda. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar
Da’vo muddati quyidagilarga joriy qilinmaydi:
shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
omonatchilarning o‘z omonatlarini berish to‘g‘risida bankka qo‘yadigan talablariga;
fuqaroning hayotiga yoki sog‘lig‘iga etkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga. Da’vo muddati o‘tganidan keyin qo‘zg‘atilgan talablar da’vo qo‘zg‘atilishidan oldingi ko‘pi bilan uch yil bo‘yicha qondiriladi;
jinoyat tufayli etkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga;
mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining o‘z huquqini har qanday buzishlarni, shu jumladan, egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan buzishlarni (ushbu Kodeksning 231-moddasi), bartaraf etish haqidagi talablariga;
mamlakat mustaqilligi e’lon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega bo‘lgan mol-mulkni hamda boshqa qimmatbaho ob’ektlarni qaytarib berish haqidagi talablarga;
qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Oila kodeksining 12-moddasiga qarang.
[ТСЗ:
1.Фуқаролик қонунчилиги. Тадбиркорлик / Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар]
II BO‘LIM
MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.01.00 Умумий қоидалар]
13-BOB
UMUMIY QOIDALAR
164-modda. Mulk huquqi tushunchasi
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Мулк ҳуқуқи]
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |