Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


-modda. Mulk huquqining ob’ektlari


Download 1.26 Mb.
bet63/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

169-modda. Mulk huquqining ob’ektlari
Er, er osti boyliklari, suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, pul, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk ob’ektlari mulk bo‘lishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.03.00.00 Ердан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.03.08.00 Ерга нисбатан мулк ва бошқа ҳуқуқлар / 11.03.08.01 Ер участкасига мулк ҳуқуқи (шунингдек, 03.08.03.00, 03.08.04.00 га қаранг);
2.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.04.00.00 Ер ости бойликларидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.04.01.00 Асосий қоидалар;
3.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.05.00.00 Сувдан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.05.01.00 Асосий қоидалар]
170-modda. Erga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy huquqlar
Erga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi va o‘zga ashyoviy huquqlar ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi.
171-modda. Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni amalga oshirish xususiyatlari
Uy-joyga bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish xususiyatlari va boshqa ashyoviy huquqlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
172-modda. Mulk huquqini amalga oshirish shartlari
Mulkdorning o‘z huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yishga majbur.
Mulkdor o‘zining ustunlik mavqeini suiist’emol qilishga, boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini kamsitadigan o‘zga harakatlarni qilishga haqli emas.
Mulkdor o‘z huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog‘lig‘iga va atrof muhitga zarar etkazishining oldini olish choralarini ko‘rishga majbur.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling