Termiz davlat pedagogika instituti pasporti


Download 57 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi57 Kb.
#1368945
Bog'liq
03. Корхона паспорти (2)


Termiz davlat pedagogika instituti
PASPORTI





Ko‘rsatkichlar nomi

Ma’lumotlar

1

Muаssаsаning rаsmiy nomi

Termiz davlat pedagogika instituti

2

Muassasa manzili

Termiz shahar I.Karimov ko‘chasi 228 b-uy

3

Muassasa tashkil etilgan yili

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
21-iyundagi PQ-289-son qarori

4

Talabalar soni

Talabalar soni 9159 nafar

5

Audutoriyalar nomi

Jami 40 ta xona (3 ta labaratiriya, 5 ta kompyuterxona)

6

Jami pedagog-o‘qituvchilar soni

213 ta

7

To‘garaklar soni

69 ta

8

Sport maydonchalari

1 ta sport zal mavjud

9

Axborot komunikatsiya vositalari bilan jihozlanishi

Bugungi kunda talabalarning o‘quv jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishi uchun barcha kompyuterlar xalqaro internet tarmog‘iga ulandi. Institut AK O‘zbektelekom bilan tuzilgan shartnomaga asosan optik tolali internet bilan ta’minlangan hamda imtiyozli MinVuz 3 (Internet tarmog‘iga kirish tezligi 600 Mbit/sek, Tas-IX tarmog‘iga kirish tezligi 1000 Mbit/sek) ta’rif rejasiga ulangan. Institutda jami kompyuterlar 237 tani tashkil qiladi. Barcha kompyuterlar lokal tarmoqqa ulangan Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida, o‘quv binolari hamda TTJ ga wi-fi qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib ularning har biri ko‘plab foydalanuvchini simsiz texnologiya asosida internetga ulash imkonini beradi. O‘quv auditoriyalari, tashqi hudud (perimetr) bo‘ylab va TTJ larda jami 145 dan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Institut hududidagi binolar, shu jumladan TTJ lar optik aloqa kanallari orqali yagona tarmoqqa birlashtirilgan. Bu olis hududdagi kuzatuv kameralariga murojaat qilish imkonini beradi.

10

Oxirgi uch yilda (2020-2022) erishilgan yutuqlar

Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti doцenti Galina Chesnokova ishtirokida ”XIX asr rus adabiyoti tarixi” mavzusida seminar-trening, Xitoy davlatining Markaziy fan texnologiyalari universitetining doktaranti Ro‘ziqulov Axmad va Doktor Charles Gbollie ishtirokida “Xalqaro darajadagi kadrlar amaliyoti” mavzusida hamda Amerikaning Michigan universiteti professori bilan online seminar-treninglar o‘tkazildi.
2021-yil 14-yanvar kuni Xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchisi Xushboqov Oybek Mordova davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan ilmiy anjumanda o‘zining ma’ruzasi bilan qatnashdi.
2021-yil 23-mart kuni Frantsiyaning Graduate school of engineering oliy o‘quv yurti bilan onlayn seminar tashkil etdi. 2021-yil 17-18-noyabr kunlari Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogika instituti tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro konferenцiyada o‘zga tilli guruhlarda rus tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari masofadan ishtirok etishdi. 2021-yil 16-dekabrda Ural davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferenцiyada Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar onlayn ishtirok etdilar.
2021 yil 1-3 dekabr kunlari Germaniyaning akademik almashinuv xizmati vakili janob Anton Umbax institutga amaliy tashrifni amalga oshirdi.
2022-yilda Shadrinsk davlat pedagogika universitetidan f.f.n., dotsent S.A.Nikonorov Rus tili va adabiyoti kafedrasida O‘zga tilli guruhlarda rus tili ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib bordi.
Tojikiston davlatidan Klichev Ma’ruf Yusufaliyevich, Saatmuradova Munira Zaripovna hamda Afg‘oniston davlatidan Khudai Birdi Zakialar institutda 2022-yildan boshlab tahsil olib kelishmoqda.

11

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Institutda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalar soni
83 nafarni tashkil etadi. Shundan 16 nafari milliy sertifikat, 67 nafari xalqaro sertifikatga ega. Magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarning 74 nafarida chet tilini bilish darajasi bo’yicha sertifikat mavjud. Filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat ega talabalar soni
13 nafarni, nofilologik yo‘nalishlar bo‘yicha B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat ega talabalar soni esa 21 nafarni tashkil etadi.





Rektor v.v.b I.Xasanov
Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling