38-modda. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerak:
1) tug‘ilish;
2) o‘lim;
3) nikoh tuzilganligi;
4) nikohdan ajralish.
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish fuqarolik holati hujjatlarini yozish organlari tomonidan fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish daftariga (hujjatlar daftariga) tegishli yozuvlarni kiritish hamda shu yozuvlar asosida fuqarolarga guvohnomalar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish, jinsning o‘zgartirilishi kabi voqea va faktlar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fuqarolik holati hujjatlarida ularga tegishli o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan ifodalanadi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi 729-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini tuzatish va o‘zgartirish etarli asoslar bo‘lsa hamda manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lmasa, fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi yozuvni tuzatish yoki o‘zgartirishni rad etsa, nizo sud tomonidan hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini bekor qilish va tiklash fuqarolik holati hujjatlarini yozish organi tomonidan, manfaatdor shaxslar o‘rtasida nizo bo‘lsa yoki fuqarolik holati hujjatlaridagi yozuvlarda jiddiy tafovutlar bo‘lsa — sud qarori asosida amalga oshiriladi.
(38-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999 y., 1-son, 20-modda)
Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etuvchi organlar, bu hujjatlarni qayd etish tartibi, fuqarolik holati hujjatlari yozuvlarini o‘zgartirish, tiklash va bekor qilish tartibi, hujjat daftarlari va guvohnomalarning shakllari, shuningdek hujjatlar daftarlarini saqlash tartibi va muddatlarini belgilovchi organlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
[ОКОЗ:
Do'stlaringiz bilan baham: |