Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


Download 1.26 Mb.
bet77/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

17-BOB
OMMAVIY MULK

[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.01.00 Умумий қоидалар]
213-modda. Ommaviy mulk tushunchasi
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Оммавий мулк]
Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki ommaviy mulkdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mulkchilik munosabatlari, shu jumladan ommaviy mulk munosabatlari ushbu Kodeks bilan, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.04.00 Оммавий мулк / 03.08.04.01 Республика мулки;
2.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.03.00.00 Ердан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.03.08.00 Ерга нисбатан мулк ва бошқа ҳуқуқлар / 11.03.08.01 Ер участкасига мулк ҳуқуқи (шунингдек, 03.08.03.00, 03.08.04.00 га қаранг);
3.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.04.00.00 Ер ости бойликларидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.04.01.00 Асосий қоидалар;
4.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.05.00.00 Сувдан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.05.01.00 Асосий қоидалар;
5.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.06.00.00 Ўрмонлар ва ўрмон фондига кирмайдиган ўсимлик дунёсидан фойдаланиш ва муҳофаза қилиш / 11.06.01.00 Умумий масалалар;
6.11.00.00.00 Атроф табиий муҳит ва табиий ресурслар / 11.07.00.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланиш / 11.07.01.00 Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва фойдаланишнинг умумий масалалари]
214-modda. Respublika mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektlari, respublika byudjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk respublika mulki bo‘lishi mumkin.
(214-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)
Respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tasarruf qiladilar.
Respublika mulki bo‘lgan mol-mulk davlat yuridik shaxslariga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika mulki respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.
(214-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 31 dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 513-modda)
Respublika mulki ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.08.00.00 Мулк ҳуқуқи ва бошқа ашёвий ҳуқуқлар / 03.08.04.00 Оммавий мулк / 03.08.04.02 Муниципал мулк]

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling