Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga o‘z erklariga muvofiq EGA bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiradilar


-modda. O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari


Download 1.26 Mb.
bet76/133
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1403089
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133
Bog'liq
FUQAROLIK (I) KODEKSI

212-modda. O‘zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari
[СПиТ:
1.Мулк ҳуқуқи. Ашёвий ҳуқуқлар / Ўзбошимчалик билан қурилган иморат]
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan er uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.
O‘zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da’vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanishi lozim, ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
SHaxs o‘ziga qarashli bo‘lmagan er uchastkasida o‘zboshimchalik bilan imorat qurgan bo‘lsa, uning bu imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan basharti mazkur uchastka shu shaxsga qurilgan imorat uchun belgilangan tartibda beriladigan bo‘lsa e’tirof etilishi mumkin.
(212-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 27 avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 37-son, 408-modda)
Imorat qurilgan er uchastkasining mulkdori bo‘lgan, unga umrbod meros sifatida egalik qilayotgan, doimiy egalik qilayotgan va foydalanayotgan shaxsning ham o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin. Bu holda imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilgan shaxs imorat qurgan shaxsning xarajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Basharti, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga sabab bo‘lsa, yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: sud amaliyoti.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling