Fuqarolar sog`ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati


Download 383.84 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi383.84 Kb.
#1289893
1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolar sog\'lig\'ini saqlash to\'g\'risidagi qonun.

24-modda. Bemorning huquqlari.

  • Bemor tibbiy yordam so`rab murojaat qilingan va tibbiy yordam olayotgan paytda quyidagi huquqlarga ega:
  • a) tibbiyot xodimlari va xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning hurmat va mehr-muruvvat ko`rsatishlari;
  • b) shifokorni va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
  • v) sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o`tish, davolanish va parvarish qilinishi;
  • g) O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi belgilab qo`ygan tartibda o`z iltimosiga ko`ra boshqa mutaxassislarning konsilium qilish va ulardan maslahatlar olish;
  • d) tibbiy yordam so`rab murojaat qilganligi, sog`ligining holati, qo`yilgan tashxis to`g`risidagi ma`lumotlar hamda uni tekshirish va davolash chog`ida olingan boshqa ma`lumotlar sir saqlanishi;
  • s) tibbiy aralashuvga o`z ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
  • j) o`z huquq va burchlari xususida hamda sog`ligining holati haqida ma`lumot olish, shuningdek sog`ligining holatiga doir ma`lumotlarini uning manfaatini ko`zlagan holda bersa bo`ladigan shaxslarni tanlash;
  • z) tibbiy yordam ko`rsatish vaqtida sog`ligiga zarar yetkazilgan taqdirda ko`rilgan zararning o`rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi;
  • k) huquqni himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil qo`yilishi.

46-modda. Fuqarolarning sog`ligiga yetkazilgan zararni qoplash.

  • Fuqarolarning sog`ligiga zarar yetkazilgan hollarda aybdorlar jabrlanganlar ko`rgan zarar o`rnini qonun hujjatlarida belgilangan hajm va tartibda qoplashlari shart.
  • G`ayriqonuniy xatti-harakatlardan jabr ko`rgan fuqarolarga tibbiy yordam ko`rsatishga sarflangan mablag`lar ularning sog`ligiga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladi.
  • Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari o`z kasb-kor vazifalarini malakali bajarmaganliklari oqibatida fuqarolarning hayoti va sog`ligiga zarar yetgan hollarda yetkazilgan zarar o`rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
  • Zararning o`rnini qoplash tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini Qonunga muvofiq intizomiy, ma`muriy yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.

Download 383.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling