Fuqarolar sog`ligini saqlash sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati


Download 383.84 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi383.84 Kb.
#1289893
1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolar sog\'lig\'ini saqlash to\'g\'risidagi qonun.

13-modda. Dori vositalarini sotish.

  • Dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi. Dorixonalar ishi dorixona amaliyoti uchun xos bo`lgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Dorixonalar ishini boshqarish oliy farmatsevtika ma`lumotiga ega shaxslargagina ruxsat etiladi.
  • Barcha dorixona muassasalari sanitariya me`yorlari va qoidalariga javob berishi lozim. O`zbekiston Respublikasida ro`yxatdan o`tkazilgan dori vositalarining qalbakisi yoki g`ayriqonuniy nusxasi bo`lgan dori vositalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
  • Muddati o`tgan dori vositalarini sotish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishna davlatning vakolatli organlari amalga oshiradi.

Xizmatlar sohasida qabul qilingan Qonunlarning iste`molchilar huquqlarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati

  • Iste`molchilarning huquqlari buzilishi mumkin bo`lgan sohalardan yana biri xizmatlar sohasi hisoblanadi. Biz iste`molchilar har kuni qandaydir xizmat turlaridan foydalanamiz. Lekin, har doim ham xizmatlar yuqori saviyada qilinmaydi va ularning darajasi iste`molchilar talabini qondirmaydi. Ana shu xizmatlar darajasini ko`tarish va iste`molchilarning bu borada huquqlarini himoya qilish maqsadida bir necha xil qonunlar yaratildi va bu qonunlar hayotimizda qo`llanilmoqda. Masalan, 1996 yil 25-aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonunini olaylik. Bu Qonunning aynan 39-moddasi (Banklarning o`z mijozlari oldidagi javobgarligi) iste`molchilarni himoyalashga qaratilgan. Bunda shunday deyiladi: «Banklar mablag`larning saqlanishi hamda omonatchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi uchun, shu jumladan, to`lovlar bir bankdan boshqa banka o`z vaqtida o`tishi hamda mablag`larning korxonalar va tashkilotlar hisob-kitob varaqlariga kiritilishi uchun o`z mijozlari va omonatchilari oldida javobgardirlar».

Bank tugatilganda uning jismoniy shaxs bo`lgan omonatchilar bankni tugatishdan keladigan tushumlar hisobidan o`z omonatlarini olishda imtiyozga egadirlar. Banklar depozit va kredit operatsiyalarga doir muddatlar va shartlar, shu jumladan, Markaziy bank chiqargan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan yillik foiz stavkalari, mukofotlar va yig`ilimlar to`g`risida o`z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari shart.

  • Bank tugatilganda uning jismoniy shaxs bo`lgan omonatchilar bankni tugatishdan keladigan tushumlar hisobidan o`z omonatlarini olishda imtiyozga egadirlar. Banklar depozit va kredit operatsiyalarga doir muddatlar va shartlar, shu jumladan, Markaziy bank chiqargan qoidalarga muvofiq hisoblab chiqilgan yillik foiz stavkalari, mukofotlar va yig`ilimlar to`g`risida o`z mijozlariga muntazam ravishda axborot berib borishlari shart.

Download 383.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling