8-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun (
7-modda
) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga
yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining
“a”
,
“b”
,
“v”
va
“g”
bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga
mutanosib miqdorda (
29-modda
) tayinlanadi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
9-modda. Imtiyozli shartlardagi pensiyalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga muvofiq
fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar,
chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar,
ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini
beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 2-
sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini
beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-
sonli ro‘yxati.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli
shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar,
lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi
bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |