Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda
beriladigan nogironlik
pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga
qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Oldingi
tahrirga qarang.
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli
ish davrida yoki ishlash
to‘xtatilganidan keyin nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan
fuqarolarga pensiyalar ish
stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik
pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur
staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: