Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Qaramoqda deb hisoblanuvchi oila a’zolari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

20-modda. Qaramoqda deb hisoblanuvchi oila a’zolari
Ushbu Qonunning 
19-moddasida
ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning
to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy
va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida
turgan deb hisoblanadilar.
Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami
ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa —
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
21-modda. Boquvchining pensiya olish huquqini beruvchi ish staji
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan
boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish
stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Basharti, boquvchi vafot etgan kunga qadar unga nogironlik pensiyasi tayinlanishi
uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan (
17-modda
) bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq
bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.
Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining
oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar
quyidagi hollarda tayinlanadi:
a) boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga —
boquvchisining ish stajidan qat’i nazar;
b) pensiya olmagan oilalarga — basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar
tegishli stajga ega bo‘lgan (
17-modda
) bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga
chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa — boquvchining ish stajidan qat’i nazar.
22-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
 tahrirga qarang.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun
yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (
17-modda
) boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya
boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda (
29-modda
) tayinlanadi.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda)

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling