Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

18-modda. Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiya
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (
17-modda
) umumiy
kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik pensiyasi bor stajga
mutanosib miqdorda (
29-modda
) tayinlanadi.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI
19-modda. Pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan oila a’zolari
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida (
20-modda
) bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila
a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va
ushbu moddaning 
“v” bandida
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining
qaramog‘ida turgan-turmaganidan qat’i nazar tayinlanadi.
Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun
kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
Oldingi
 tahrirga qarang.
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18
yoshdan katta bo‘lsa, agar ular 18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan
bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli
ota-onasi bo‘lmasa;
(19-modda uchinchi qismining “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-
fevraldagi O‘RQ-752-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y.,
03/22/752/0113-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 
7-moddada
nazarda tutilgan
pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogironligi bo‘lgan shaxs bo‘lsalar;
(19-moddaning uchinchi qismi “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi
O‘RQ-770-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y.,
03/22/770/0424-son)
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud
buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-
singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda
bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq
23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.
(19-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son)
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan
farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling