Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma № al-422105573 Toshkent sh. “ ” 2022 yil


Download 20.56 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi20.56 Kb.
#1004876
1   2   3   4
Bog'liq
2 5208567536337035488 (4)

6. Fors-major holatlari
6.1. Agar shartnoma majburiyatlari quyidagi holatlarning vujudga kelishi natijasida bajarilmagan bo‘lsa tomonlarning birortasi ham o‘ziga olgan majburiyatlarni to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi: suv bosish, yong‘in, yer qimirlash va boshqa tabiiy ofatlar va shuningdek urush, harbiy harakatlar yoki shartnoma tuzilgandan keyin tomonlarning nazoratidan tashqarida yengib bo‘lmas kuch ta’sirida sodir bo‘lgan holatlar. Bunda ushbu shartnoma majburiyatlarini bajarish muddati bunday holatlarning harakatlanish davriga mos ravishda keyinga suriladi.


7. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish hamda
nizolarni hal etish tartibi.
7.1. Tomonlarning kelishuviga binoan belgilangan tartibda ushbu shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi yoki bekor qilinishi yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
7.2. Ushbu shartnomani bajarilishi jarayonida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal qilinadi. O‘zaro kelishuv ta’minlanmagan holda kelishmovchiliklar davogar joylashgan hududdagi tegishli sudda hal qilinadi.
7.3. Tomonlarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi.


8. Boshqa shartlar
8.1. «Loyiha rahbari» va «Ijrochi» mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan ishlanmalar, chop etilgan maqolalar, monografiyalar, ommaviy-axborot vositalaridagi ma’lumotlarda ishlar «Buyurtmachi» tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar doirasida bajarilganligini qayd etishlari shart.
8.2. Kalendar reja doirasida huquqiy muhofaza qilinishi zarur bo‘lgan ilmiy natija olinsa «Loyiha rahbari» bir hafta muddatda «Ijrochi»ga bu haqda yozma xabar berishi lozim. «Ijrochi» ikki hafta muddatda o‘zining ilmiy-texnikaviy kengashida xabarni ko‘rib chiqib, intellektual mulk ob’ektini muhofaza qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va «Buyurtmachi»ga bu haqda axborot beradi. Shartnomada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish vaqtida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish «Buyurtmachi» bilan yozma ravishda oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
8.3. Loyiha doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari uchinchi tomonga beriladigan bo‘lsa, litsenzion kelishuv asosida berilishi va litsenzion kelishuvda texnologiya (ishlanma) muallif(lar)i, «Ijrochi» hamda uchinchi tomonlar o‘rtasida foydani taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
8.4. Kalendar reja mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
8.5. Ushbu shartnoma 3 ta asl nusxada tuziladi: 1-nusxasi «Buyurtmachi»ga, 2-nusxasi «Ijrochi»ga, 3-nusxasi «Loyixa rahbari»ga beriladi.


Download 20.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling