Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga
Download 102.65 Kb. Pdf ko'rish
|
qarshi da\'vo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova: Tilxat asl nusxasi pasport nusxalari, davlat boji kvitansiyasi pochta harajatlari kvitansiyasi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga Davogar:Ahmadaliyev Jaloliddin Ahmadovich Yashash manzili: Yashnobod tumani Aviasozlar-3 24- uy 10-xonadon Telefon raqami: +99890936447 Javobgar: Abdug’aniyev Alisher Abdug’aniyevich Yashash manzili: Olmazor tumani , Birlashgan mahallasi 25-uy Telefon raqami: +998993344433 D A ' V O A R I Z A (Ma'naviy va moddiy zararni undirish to‘g‘risida) Men, Jaloliddin Ahmadaliyev Ahmadovich 2021-yilning 20-noyabrda o’z konsert dasturimni o’tkazdim. Ushbu konsert dasturimda “Sog’indim” nomli qo’shiqni ijro etganman. Ushbu qo’shiqni kuyini Abdug’aniyev Alisher Abdug’aniyevich ya’ni mualliflik huquqi asosida kuyga egalik qiluvchi shaxsning tilxat asosida bergan roziligi asosida kuylagan edim. Kuydan foydalanish uchun muallifga 5.000.000(besh million) so’m miqdorida pul to’laganman. Shunga qaramasdan A. Abdug’aniyev tomonidan Mirobod tumanlararo sudiga kuydan mualliflik huquqiga zid ravishda foydalanganligim haqida da’vo arizasi kiritilgan. Ushbu sudda qatnashish uchun men 2021-yil 26-dekabr kuni qatnashishim kerak bo’lgan to’y marosimiga qatnasha olmadim hamda 8.000.000 so’m miqdorida moddiy zarar ko’rdim. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1021-, 1022-moddalariga asosan maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, yaʼni zarar fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan boʻlsa, zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan boʻlsa, zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari eʼtiborga olinishi lozim. Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi. Ushbu sud majlisi haqida maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgnaligi hamda o’z qo’shiqlarimni kuylarini ruxsatsiz ishlatishim haqida ma’lumotlar tarqalib ketdi. Buning oqibatida mening or-nomusim, qadr qimmatim hamda ishchanlik obro’yim haqoratlandi va 30.000.000(o’ttiz million) so’m miqdorida ma’naviy zarar ko’rdim. S O’ R A Y M A N: Javobgar, Abdug’aniyev Alisher bergan yolg’on ma’lumot tufayli yetkazilgan 8.000.000 (sakkiz million) so’m miqdorida moddiy zarar, 30.000.000(o’ttiz million) so’m miqdorida ma’naviy zarar, 1.520.000(bir million besh yuz yigirma ming) so’m miqdorida to’langan davlat bojini, 21.000(yigirma bir ming) so’m miqdorida pochta harajatlarini mening foydamga undirib berishingizni so’rayman. Ilova: Tilxat asl nusxasi pasport nusxalari, davlat boji kvitansiyasi pochta harajatlari kvitansiyasi da'vo ariza nusxasi. Jaloliddin Ahmadaliyev Ahmadovich 06 .01.2022 Da'vogar imzo sana Download 102.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling