Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga


Download 102.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.02.2023
Hajmi102.65 Kb.
#1192665
Bog'liq
qarshi da\'vo



Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga 

Davogar:Ahmadaliyev Jaloliddin Ahmadovich


Yashash manzili: Yashnobod tumani Aviasozlar-3 24-
uy 10-xonadon 
Telefon raqami: +99890936447 
Javobgar: Abdug’aniyev Alisher Abdug’aniyevich
Yashash manzili: Olmazor tumani , Birlashgan 
mahallasi 25-uy
Telefon raqami: +998993344433
 
 
 
D A ' V O A R I Z A 
(Ma'naviy va moddiy zararni undirish to‘g‘risida) 
 
Men, Jaloliddin Ahmadaliyev Ahmadovich 2021-yilning 20-noyabrda o’z 
konsert dasturimni o’tkazdim. Ushbu konsert dasturimda “Sog’indim” nomli qo’shiqni 
ijro etganman. Ushbu qo’shiqni kuyini Abdug’aniyev Alisher Abdug’aniyevich ya’ni 
mualliflik huquqi asosida kuyga egalik qiluvchi shaxsning tilxat asosida bergan roziligi 
asosida kuylagan edim. Kuydan foydalanish uchun muallifga 5.000.000(besh million) 
so’m miqdorida pul to’laganman.
Shunga qaramasdan A. Abdug’aniyev tomonidan Mirobod tumanlararo sudiga 
kuydan mualliflik huquqiga zid ravishda foydalanganligim haqida da’vo arizasi 
kiritilgan. Ushbu sudda qatnashish uchun men 2021-yil 26-dekabr kuni qatnashishim 
kerak bo’lgan to’y marosimiga qatnasha olmadim hamda 8.000.000 so’m miqdorida 
moddiy zarar ko’rdim.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1021-, 1022-moddalariga asosan 
maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, quyidagi hollarda qoplanadi
yaʼni zarar fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan 
boʻlsa, zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy 
javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda 
boʻlish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qoʻllanish, qonunga xilof tarzda 
maʼmuriy jazo qoʻllanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan 
boʻlsa, zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻ-eʼtiborini haqoratlovchi 
maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, qonunda nazarda tutilgan boshqa 
hollarda. 
Maʼnaviy zarar pul bilan qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash miqdori 
jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek 
ayb tovon toʻlashga asos boʻlgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab 
sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik 
talablari eʼtiborga olinishi lozim. Jismoniy va maʼnaviy azoblarning xususiyati maʼnaviy 
zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga 
olingan holda sud tomonidan baholanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozim boʻlgan mulkiy 
zarardan qatʼi nazar qoplanadi.
Ushbu sud majlisi haqida maqolalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgnaligi hamda o’z 
qo’shiqlarimni kuylarini ruxsatsiz ishlatishim haqida ma’lumotlar tarqalib ketdi. Buning 
oqibatida mening or-nomusim, qadr qimmatim hamda ishchanlik obro’yim haqoratlandi 
va 30.000.000(o’ttiz million) so’m miqdorida ma’naviy zarar ko’rdim.


S O’ R A Y M A N: 
Javobgar, Abdug’aniyev Alisher bergan yolg’on ma’lumot tufayli yetkazilgan
8.000.000 (sakkiz million) so’m miqdorida moddiy zarar, 30.000.000(o’ttiz million) 
so’m miqdorida ma’naviy zarar, 1.520.000(bir million besh yuz yigirma ming) so’m 
miqdorida to’langan davlat bojini, 21.000(yigirma bir ming) so’m miqdorida pochta 
harajatlarini mening foydamga undirib berishingizni so’rayman.
Ilova: 
Tilxat asl nusxasi
pasport nusxalari,
davlat boji kvitansiyasi
pochta harajatlari kvitansiyasi
da'vo ariza nusxasi. 
 
Jaloliddin Ahmadaliyev Ahmadovich 06 .01.2022 
Da'vogar
imzo sana
 

Download 102.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling