Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining 2019-yil 16-sentabrdagi sud buyrug‘iga


II.Vaziyatda kassatsiya sudining ajrimi qonuniymi?


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/77
Sana19.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1611254
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77
Bog'liq
MA\'MURIY SUD ISH YURITUVI

II.Vaziyatda kassatsiya sudining ajrimi qonuniymi? 
Keltirilgan vaziyatda, Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini qaytarish 
to`g`risida ajrim chiqargan. Unga asos qilib esa, arizachi tomonidan apellatsiya 
instansiyasi sudi qarorining qaysi qonun hujjatlariga zid ekanligini tasdiqlovchi 
asoslarni keltirmaganligini ko’rsatgan. MSIYTK 234-moddasi 1-qism 1-bandiga 
ko‘ra, kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1 
— 5 bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa qaytarilishi ta’kidlangan. 
Kassatsiya shikoyatining shakli va mazmuniga qo‘yilgan talablar (228-modda) 


ko‘rsatilgan. Ushbu moddaning 5-bandida, shikoyat (protest) berayotgan shaxsning 
talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish 
holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto‘g‘ri deb 
hisoblash uchun keltirgan asoslar arizada bo‘lishi kerak. Shuningdek, “Ma’muriy 
ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti” to‘g‘risida OSPQ 
ning 14-bandida MSIYutK 233 va 234-moddalarida nazarda tutilmagan asoslar 
bo‘yicha kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish 
yoki qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, sud moddada 
keltirilgan asoslarga binoan, arizani qaytarish masalani hal qilgan. Holatlarni 
normalarda mustahkamlanganligini hisobga olib, vaziyatda kassatsiya sudining 
ajrimini qonuniy hisoblash mumkin. 
 
III. Qaysi hujjatlar ustidan kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilish mumkin?
 
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 224-moddasiga ko‘ra, ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo 
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar 
birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya 
instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori 
yoki ularning o‘rinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli. 
Demak, kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar 
quyidagilar, 
- birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori; 
- apellatsiya instansiyasi sudining qarori. 
- Kodeksning 247-moddasiga binoan ajrim, qaror ustidan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya 


sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati 
berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar 
mustasno. 
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori ustidan 
to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling