Fuqarolik jamiyati fanidan ishchi o`quv dasturi


Fuqarolikjamiyati fani bo`yicha talabalarning bilimini baholash mezonlari


Download 74.4 Kb.
bet6/10
Sana09.01.2022
Hajmi74.4 Kb.
#264172
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5202181559918005109

6. Fuqarolikjamiyati fani bo`yicha talabalarning bilimini baholash mezonlari

Joriy va yakuniy nazorat baholari yig`indisidan tashkil topgan reyting talaba bilim darajasini asosiy aniqlash mezoni hisoblanadi.

Fuqarolikjamiyati fani bo`yicha 100 ball quyidagicha taqsimlanadi:




Nazorat turlari

Maksimal ball

Koeffitsient

O`tish balli

1.

Joriy nazorat TMT bilan birgalikda

50

0,5

27,5

2

YAkuniy nazorat

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

Seminar mashg`ulotlarini joriy baholash (JB)

4-jadval





Nazariy bilimni baholash

Maksimal ball,%

1.

Mavzu bo`yicha konspekt yozish

20

2.

Seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishi

40

3.

Test topshiriqlarini to`g`ri yechish

10

4.

Vaziyatli masalalarni to`g`ri yechish

10

5.

Mavzu bo`yicha TMI topshirig`ini bajarish

20




Jami

100



5-jadval

Baholash usullari

Tezkor testlar, yozma ish, og`zaki so`rov, prezentatsiyalar

Baholash mezonlari


  1. Mavzu bo`yicha konspekt yozish – maksimal 20 ball

Talabaning mashg`ulot mavzusi bo`yicha daftarlarini yozish, prezentatsiyalarni tayyorlash ko`rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar qo`llanildi:

a) 17-20 ball uchun talabaning konspekti quyidagilarga javob berishi lozim:

- mavzu bo`yicha yangi manbalardan (internet, xorijiy adabiyot va b.) foydalangan bo`lishi;

- seminar rejasidagi masalalar to`liq yoritilgan;

- grafikli organayzerlar va prezentatsiyalarbo`yicha mustaqil mushohada yuritish;

- mavzuning mohiyatini tushuntirish;

-aniq tasavvurga ega bo`lish

b)14-16 ball uchun talabaning konspekti quyidagilarga javob berishi lozim:

- mavzu bo`yicha yangi manbalardan (internet, xorijiy adabiyot va b.) foydalangan bo`lishi;

- grafikli organayzerlar va prezentatsiyalar bo`yicha mustaqil mushohada yuritish;

- mavzu bo`yicha mustaqil mushohada yuritish;

- mavzu mohiyatini tushuntirib bera olish

g) 0-10 ball, mavzu bo`yicha konspekt va uy vazifalarini tayyorlab kelmagan talabalarga beriladi.

2. Seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishini bahalaw - maksimal ball – 40 ball

a) 34-40 «a`lo» ball uchun talabaning seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishi quyidagilarga javob berishi lozim:

- seminar mavzusi bo`yicha talabaning javobi to`liq, turli manbalardan olingan qo`shimcha ma`lumotlarga boy, bilim hajmi dastur doirasidan chiqadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to`liq o`zlashtirgan va qo`shimcha adabiyotlar bilan tanish;

- seminar rejasida quyilgan masalalarni ijodiy yondoshgan holda tushuntiradi. O`rganilayotgan o`quv muammosi to`g`risida mastaqil fikrlay, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi;

- talaba mavzu muhokamasi, munozaralarda faol qatnashadi, o`z fikrini himoya qila biladi;

- interaktiv o`yinlarda faol va ijodiy qatnashadi.

b) 28-33 «yaxshi» ball uchun talabaning seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishi quyidagilarga javob berishi lozim:

- - talaba o`rganilayotgan mavzu materiallari mazmun-mohiyatini tavsiflab bera oladi, rejadagi savollarni bir-birlariga aloqadorligini ochib bergan holda javob beradi, o`rganilayotgan nazariy masalalarni ijtimoiy hayot bilan bog`lay oladi va mustaqil mushohada qila oladi;

- bilim va ko`nikmalar mazmunini tadbiq qila olish mahorati, yozib olish va eslab qolish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarni amaliyotda qo`llay oladi;

- talaba mashg`ulotlarga tayyorlangan, dasturiy materiallarni biladi, mohiyatini tushunadi va tasavvurga ega.

- seminar rejasida quyilgan masalalarni mustaqil tushuntiradi. O`rganilayotgan o`quv muammosi to`g`risida mustaqil fikrlay, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi;

- talaba darsga tayyorlangan, dasturdagi materiallarni biladi, mazmun-mohiyatini tushunadi, o`z nuqtai nazariga ega.



v)22-27 «qoniqarli» ball uchun talabaning seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishi quyidagilarga javob berishi lozim:- dastur doirasida to`liq fikrlay olmaydi, mohiyatini tushunadi, lekin to`liq og`zaki yoki yozma javob bera olmaydi.

- mavzu bo`yicha savollarga javob berishda xatoliklarga yo`l qo`yadi, aniq javob bera olmaydi.



g) 0-21 «qoniqarsiz» ball uchun talabaning seminar rejasida quyilgan masalalarning ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarini o`zlashtirishi quyidagilarga javob berishi lozim:

- mavzu buyicha aniq tasavvurga ega emas, og`zaki yoki yozma javob bera olmaydi.

- mavzu bo`yicha tushuncha yo`q.


Download 74.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling