Fuqarolik jamiyati institutlari yuksalish bosqichida


Download 0.68 Mb.
Sana02.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#195264
Bog'liq
Elektro

Elektrokimyoviy diagnostika va analiz usullari.

Elektrokimyoviy analiz usullari — moddalarni elektr toki yordamida tekshirishga asoslangan kimyoviy analiz usullari majmui.

Amalda elektrokimyoviy analizning elektroliz (elektrogravimetrik analiz, ichki elektroliz, metallarni kontakt almashtirish — sementatsiya, polyarografik analiz) va titrimetrik (ampermetrik, konduktometrik, potensiometrik titrlash) usullaridan foydalaniladi.

Elektrogravimetrik analiz elektroliz natijasida hosil boʻlgan elementning massasini aniqlashga asoslangan. U, asosan, rangli, ogʻir va baʼzan qora metallarni miqdoriy aniqlashda yoki ularni bir-biridan ajratishda qoʻllanadi. Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qoʻllanadi.

Metallarni kontakt almashtirish (sementatsiya) usulidan modda tarkibida juda oz miqdorda uchraydigan metallarni ajratib olishda va ularning konsentratsiyalarini oshirishda foydalaniladi. Polyarografik usulda analiz qilinishi zarur boʻlgan modda eritmasi simob tomchilardan iborat katod yordamida elektroliz qilinadi.

Titrimetrik usullarda neytrallanish, choʻktirish, kompleks hosil boʻlish, oksidlanishqaytarilish reaksiyalarining tugashi indikatorlar ishtirokida titrlash yoʻli bilan aniqlanadi.

Ampermetrik usulda titrlashning tugashi mikroelektrod maʼlum potensialga ega boʻlganida tok kuchining keskin oʻzgarishi boʻyicha (qarang Ampermetrik titrlash), konduktometrik usulda esa eritmaning elektr oʻtkazuvchanligi oʻzgarishiga qarab aniqlanadi.

Amperometrik titrlashda polyarografik indikator elektrodi sifatida simob tomchisi, shuningdek asl metallar (odatda platina) yoki ugle-rodli materiallar (grafit, shisha-ugle-rod va boshqalar)ning qattiq mikroelektrodlari qo‘llaniladi.

Amperometrik titrlashdan anorganik va organik moddalarni analiz qilishda hamda turli xil ilmiy tekshirishlarda cho‘kmalarning eruvchanligi va kom-pleks birikmalarning turg‘unligini aniqlashda keng foydalaniladi.

Titrimetrik analiz da aniklash uchun vazniy analizga karaganda kam vaqt sarflanadi. Bundan tashqari, Titrimetrik analizda kislotaasos, oksidlanishqaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniklash mumkin.

Titrimetrik analizning barcha anik,lash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati muhim.

Aniklash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldikli, bilvosita va differensial Titrimetrik analiz farklanadi. Koldikdi usul aniklanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda suyet kirishganda qoʻllanadi.

Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.

Hajmiy analiz — aniklanayotgan modda konsentratsiyasi (miqdori)ni uning hajmiga qarab aniqlashga asoslangan miqdoriy analiz usullari majmui. Lab. amaliyotida qoʻllanadigan titrimetrik analiz (vazniy byuretkalardan foydalaniladigan usuldan tashqa-ri) ham Hajmiy analizga kiradi. Hajmiy analizga, shuningdek, gaz analizining koʻpgina usullarini kiritish mumkin.

Choʻkma hajmini oʻlchashga asoslangan Hajmiy analiz metodi ham bor, mas, choʻyandagi oltin-gugurt miqdorini graduslarga boʻlingan sentrifugaviy probirkada hosil boʻlgan bariy sulfat hajmiga qarab aniqlash mumkin. Ult ramikrokimyoviy analizda hosil boʻlgan choʻkma (tor-tib koʻrish qiyin yoki iloji boʻlmagan juda kichik miqdordagi modda) haj-miga qarab aniqlanadi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling