1. Ijtimoiy himoya - ayrim ijtimoiy guruhlarga har tomonlama yordam berish uchun
yo’naltiriladigan davlat tadbirlari yig’indisi. Ijtimoiy himoya iborasi keng mahnoda va tor
mahnoda qo’llaniladi. Keng mahnoda mamlakat aholisi ijtimoiy va moddiy muhofaza
qilinishini tahminlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar
majmui tushuniladi. Tor ma’noda esa, davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy
ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli tahminlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj
fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligidir. Masalan, konpensatsiya, turli yangilliklar. O’zbekistonda
ijtimoiy himoya tizimi mavjud iqtisodni, ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqqan holda aholining
moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan qismini himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy,
huquqiy,
ijtimoiy
chora-tadbirlar
majmuini
qamrab
oladi.
Kuchli
ijtimoiy
siyosat
O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lining yetakchi tamoyillaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |