Islom Karimov
Fuqarolik jamiyatida davlat organlarida bo’lgani singari, biri ikkinchisiga bo’ysunadigan,
ya’ni vertikal (tik) munosabatlar emas, balki gorizontal (yotiq) munosabatlar yetakchilik qiladi.
Boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatida erkin va teng huquqli hamkorlik hukmronlik qiladi.
Fuqarolik jamiyatining ichki tuzilmasida mazkur jamiyat elementlarining xilma-xilligi
ko’zga tashlanadi. Hozirgi zamon fuqarolik jamiyatining tarkibiy elementlari quyidagilardan
iborat: fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tashkiloti (1), fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tashkiloti
(2) va fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tashkiloti (3). Mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagicha tasniflash mumkin (2.5.1-rasm):
Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi, xususan, ular turlicha
ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolarning faolligini oshiradi, mamlakatda ro’y
berayotgan turli demokratik o’zgarishlar ko’lamini keng yoyishda muhim omil sanaladi,
jamoatchilik nazoratini yuzaga keltiradi, huquqiy ong va madaniyatni shakllantiradi, huquqiy
davlat barpo etishda katta hissa qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |