2. Fuqarolik jamiyati institutlarining tasnifi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy asoslari. Fuqarolik jamiyati institutlarining
tashkil etilishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarining o’zagi sifatida dastavval
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tilga olish o’rinlidir. Prezidentimiz iborasi
bilan aytganda, “mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo’yilishi barcha
aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar keng tarmoqlarining
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi”
37
.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIII bobi jamoat birlashmalari faoliyatining
konstitutsiyaviy asoslariga bag’ishlangan. Mazkur bobda jamoat tashkilotlarining turlari, faoliyat
ko’rsatish tartibi, ularning davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslariga nisbatan
mustaqil ekanligi kabi printsiplar mustahkamlab qo’yilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 56-
moddasida belgilanganidek, “O’zbekiston
Respublikasida
qonunda belgilangan
tartibda
ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-
qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning
boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida ehtirof etiladi”.
Fuqarolar yig’ini birinchi marta o’zini o’zi boshqarish organi sifatida Konstitutsiyada
ehtirof etildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida ushbu huquqiy
norma belgilandi:
“SHaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’zini o’zi boshqarish organlari bo’lib, ular
ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
O’zini o’zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat
doirasi qonun bilan belgilanadi”.
1993 yil 2 sentyabrida qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |