Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
2-slayd
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor yo’nalishlari. Prezident I.A.Karimov Ikkinchi
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining To’qqizinchi sessiyasida qilgan mahruzasida respublikada demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning “bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo’lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat”, 29 muhim ustuvor yo’nalishini belgilab berdi. 29 Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari. //Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining To’qqizinchi sessiyasidagi mahruza. //Xalq so’zi, 2002 yil 30 avgust. Mustaqil rivojlanishning o’tish davrini umumlashtirib, taҳlil etish isloҳ qilishning O’zbekiston modeli asosli va to’g’ri bo’lib chiqdi deb aytish uchun to’la asos bor. Bugun uni obro’li xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, jaҳonning ko’pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng ASOSIYSI, ҳayotning o’zi uni tasdiqlamoqda. Iqtisodga ortiqcha siyosiy tus berilmay, mafkuradan xoli etiladi. Iqtisodiy islohotlarni o’tkazishda davlatning roli kuchaytirildi. Bozor munosabatlariga o’tish odamlar ongini o’zgartirish bilan bog’liq holda asta-sekin amalga oshmoqda. Iqtisodiy isloҳatlar kuchli ijtimoiy siyosat bilan qo’shib olib borildi, bu esa ijtimoiy keskinlikning oldini olishga olib keldi. Mamlkatning neft mahsulotlari cheklangan resurs iqtisodiyotning hayotiy ustuvor sohalariga qaratildi. Ishlab chiqarishning keskin pasayib ketishiga yo’l qo’yilmaydi. Islohotlar natijasida O’zbekistondagi barcha yer osti va yer usti boyliklari, barcha korxonalar, transport va aloqa vositalari, boy xomashyo, yerimiz, suvimiz Respublika mulkiga aylantirildi. O’zbekiston markazining iqtisodiy sohaga hukmronligidan halos qildi, iqitsodiyotimiz to’la to’kis respublika aholisi manfaatlariga xizmat qilmoqda. O ’z
ki st on m ode
li ni ng da st la bki na ti ja la ri 59 Ushbu ustuvor yo’nalishni amalga oshirish uchun avvalombor xususiy sektorning mavqeini yanada oshirish va kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish lozim bo’ladi. Endilikda xususiylashtirish jarayonlari tobora ko’proq yirik korxonalarni, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o’z ichiga qamrab olishi, korporativ xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, aktsiyalarni sotishning birlamchi va ikkilamchi birja hamda birjadan tashqari bozorini rivojlantirish amalga oshiriladi. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat va nazorat organlarining noo’rin aralashuviga barham berish, moddiy-texnika resurslari va moliyaviy, shu jumladan, kredit mablag’lari bilan tahminlanishini yaxshilash, ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish uchun ishlab chiqarish va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega. SHuningdek, shirkat xo’jaliklarini fermer xo’jaliklariga aylantirish hamda ularga servis xizmati ko’rsatuvchi va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalarini va qishloqlarda ularning filiallarini tashkil etish muhim ustuvorlikka ega bo’ladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling