Bozor infrastrukturasi turlari va tarmoqlari: Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi
infrastruktura: transport, aloqa, ombor xo’jaligi, yo’l xo’jaligi, suv va energetika tahminoti va
h.k.
Tovarlar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi
infratuzilma: birjalar, savdo uylari, auktsionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va
agentliklar, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi muassasalari.
Moliya kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma: tijorat banklari, o’z-o’zini
kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari,
har xil pul jamg’armalari.
Aholiga xizmat qiluvchi yoki ijtimoiy infrastruktura: uy-joy, kommunal va transport
xizmati, maorif, sog’liqni saqlash, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari.
Axborot xizmati: iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan har xilaxborotlar, ma’lumotlar va
xabarlarni to’plash, umumlashtirish, sotish bilan shug’ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar
maslahat idoralari va davlat muassasalari.
Bozor infratuzilmasi mustaqillik bilan birga tug’ildi va jamiyatda hayotiy zaruriyat sifatida
paydo bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda bozor infratuzilmasi to’liq shkallanib bo’ldi.
Infratuzilmani birdaniga yaratib bo’lmaydi, u ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Bu
jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. 1992 yil 28 fevralg’da respublika
ulgurji va birja savdosi hissadorlik uyushmasi tashkil etildi. 1992 yil 5 mayda O’zbekiston davlat
hissadorlik «savdo» («O’zbeksavdo») assotsiatsiyasi tuzildi va x.k.
Hozirgi kunda bozor infratuzilmasini yaratishda yangi bosqichga o’tildi. Bu bosqich
respublikaning barcha qishloq aholi istiqomat joylarida bozor infratuzilmasining Hamma
turlarini yaratishda ijobiy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda respublikada 40dan ortiq sug’urta
kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy siyosatning ustuvor maqsadlaridan biri aholini
ijtimoiy jihatdan himoyalash va unga mehnat qilish uchun munosib imkoniyatlar ochib berishdir.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |