Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 7 - 12
- Bu sahifa navigatsiya:
- 93-moddaning 15-bandi
- 102-moddaning ikkinchi qismi
Prezident so’zi – lotincha oldinda o’tiruvchi mahnoni bildiradi. O’zbekiston tarixida
birinchi prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda tahsis etildi. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Karimov saylandi”. 1991 yil 18 noyabrda “O’zbekiston Prezidenti saylovi tug’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26 dekabrg’ va 1999 yil avgustda hamda 2004 yil 24 aprellarda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida tom mahnoda prezidentlik instituti to’la shakllandi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 19-bobiga ko’ra O’zR Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. Prezidentlik lavozimiga 30 yoshdan kichik bo’lmagan davlat tilini yaxshi biladigan bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo’lishi mumkin emas. Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov xuquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 7 yil muddatga saylanadi, u qonun bilan belgilab qo’yilgan. 1991 yil 29 dekabrda alternativ asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov 86% ovoz bilan (Salay Madaminov esa 14%) O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Bu saylovda 9,900 ming 958 kishi yoki ovoz berish xuquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi Islom Karimovga esa 8,514 ming 136 saylovchi (86%) ovoz berdi. 1995 yil 26 martda Oliy Majlis qaroriga ko’ra prezident vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha umumxalq referendumi o’tkazildi. Unda 11 mln 245028 kishi (99.3%) ishtirok etib ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 %i ijobiy javob bilan vakolat muddatini uzaytirishga rozilik bildirganlar. Qonunga ko’ra, Prezident qilib 35 yoshdan kam bo’lmagan va 65 yoshdan ortiq bo’lmagan, saylanish xuquqiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi bayon etilgan. 2000 yil 9 yanvarda ikkinchi bor Prezidentlik saylovi o’tkazildi. Unda O’zbekiston prezidentligiga nomzod qilib Islom Karimov (91.9%), Abdulhofiz Jalolov esa 4,17% ovoz olib, Islom Karimov g’alaba qildi. 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazilib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiyaviy vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o’zgartirishga rozimisiz degan savolga ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11 117 841 nafari (91.78%i) yoqlab ovoz berdi. Natijada 2003 yil 24 aprelda O’zbekiston konstitutsiyasining 19-bobiga, ya’ni Prezidentlik qoidalariga bahzi bir o’zgartirishlar kiritilib, endilikda prezidentlik saylovi vakolat muddati tugaydigan yilda dekabrg’ (2007) uchinchi 10 kunligining birinchi yakshanbasida o’tkazilishi belgilab olindi. 2007 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda ishtirok etgan saylovchilar soni 14 765 444 kishi yoki ro’yxatga olingan saylovchilar umumiy sonining 90,6 foizini tashkil etdi. 1. Islom Karimov 13 million 8 ming 357 ovoz yoki saylovda qatnashgan saylovchilar umumiy sonining 88,1 foizini oldi. 2. Asliddin Rustamov 468 ming 64 ovoz – ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizini oldi. 3. Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz – 2,94 foiz ovozga ega bo’ldi. 4. Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz – 2,85 foizi miqdorida ovozga ega bo’ldi. Saylov jarayonida 23 ming 300 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Beshta xalqaro tashkilot: MDH, YeXHT, SHHT, YevrAzES, IQT, 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan kelgan kuzatuvchilar, shuningdek, O’zbekiston Prezidentligiga nom ko’rsatgan siyosiy partiyalar va saylovchilar tashabbuskor guruhi vakillari saylovni kuzatib bordi. Prezidentlik lavozimiga saylangan Islom Karimovning 2008–2014 yillarda o’z oldiga qo’ygan dasturi quyidagicha: 1. Mamlakatni modernizatsiyalash, jamiyatni yangilash, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlashdagi islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatini erkin rivojlantirish.
27 2. O’rta sinf: tadbirkorlik, fermerlik harakati va xususiy biznes tuzilmasini, intellektual mulk egalarining manfaatini ustun qo’yish. 3. Milliy davlatchilik, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish. 4. Inson huquqlari Oliy qadriyat: “Inson manfaati har narsadan ulug’” shiori. 5. Sud-huquq tizimi islohatini rivojlantirish. Huquqiy davlatchilikni rivojlantirish. 6. Tashqi siyosat. 7. Real daromadni oshirish. Ish haqini 3 yilda 2–2,5 barobar oshirish. 8. Kadrlarni tayyorlash. 9. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. 10. Farovon hayot barpo etish. Umuman, 2002 yil 4 aprelda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida” Konstitutsiyasiy qonun qabul qilindi. Prezident Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mahruzasida davlat qurilishi va boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa bo’lgan mamlakat Parlamentining roli va tahsirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish yo’llarini belgilab berdi. SHunga ko’ra 2006 yili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to’g’risida (89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)” loyihasi matbuotda ehlon qilinib, xalqning fikr mulohazalari o’rganildi va natijada ushbu qonun Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilindi. Senat tomonidan 2007 yil 29 martda mahqullandi. Prezident Islom Karimov 2007 yil 11 aprelda bu qonunga imzo chekdi. Ana shu “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to’g’risida (89- moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi qonunga ko’ra Konstitutsiyamizning 89-moddasi quyidagicha tahrir qilindi: 1) “89-modda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini tahminlaydi». 2) 93-moddaning 15-bandi quyidagicha tahrir qilindi: “15 viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z shahni va qadr- qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”. 3) 102-moddaning ikkinchi qismi quyidagicha tahrir etildi: “Viloyat va Toshkent shahar hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi”. Ushbu qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kirishi bayon etildi (“Xalq so’zi”, 2007 yil 12 aprelg’). Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda prezidentlik instituti shakllanib, u yanada takomillashdi, uning huquqiy negizlari barpo etilib, rivojlangan mamlakatlar yo’lini tanladi. SHu boisdan ham O’zbekiston davlat tizimi Respublika Davlat va hukumat boshlig’i Prezident hisoblanadi. Prezident shaxsi daxlsiz bo’lib, u qonun bilan muhofaza etiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling