10 - MAVZU. DEMOKRATIK BOZOR ISLOHOTLARI VA IQTISODIYoTNI
LIBERALLASHTIRISH.
REJA:
1.
DEMOKRATIK
JAMIYATDA
IQTISODIY
HAYOTNI
ERKINLASHTIRISH TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI.
2.
O’ZBEKISTONDA IQTISODIY HAYOTNI ERKINLASHTIRISH
BOSQICHLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
3.
TADBIRKORLIK VA IQTISODIY FAOLIYAT ERKINLIGINI
TA’MINLASH – DEMOKRATIK JAMIYAT RIVOJINING ZARUR
SHARTI.
1. Demokratik jamiyatda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va uning
mazmuni
Iqtisodiyot va demokratik jamiyatning o’zaro bog’liqligi. Iqtisodiy hayot kishilik
jamiyati hayotining muhim sohalaridan biri bo’lib, inson rivojlanishi manbaini tashkil qiladi.
Unda insonlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tirikchilik
nehmatlarini va vositalarini ishlab chiqaradilar. SHuningdek, ular taqsimlash, ayirboshlash va
istehmol qilishga qaratilgan faoliyatlarida o’zaro iqtisodiy munosabatlarga kirishadilar.
Iqtisodiy hayot kishilarning ijtimoiy, madaniy, siyosiy hayot sohalarining moddiy asosini
tashkil etadi va ularning rivojlanishiga tahsir ko’rsatadi. Ayni paytda, jamiyatning ijtimoiy-
siyosiy va davlat tizimi iqtisodiyotga jiddiy tahsir etadi.
Sobiq totalitar, mahmuriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida iqtisodiy hayot soxta siyosat,
mafkuraviy maqsadlarga bo’ysundirilgan edi. Mafkura iqtisodiyotdan ustun bo’lib, uning
rivojlanish yo’nalishlarini belgilab berardi. Bu tuzumning iqtisodiy negizini davlat va kolxoz-
kooperativ mulk shakllaridan iborat umumxalq mulki deb atalmish, egasiz mulk tashkil etardi.
Davlat asosiy ishlab chiqarish fondlarining 90 foizdan ortig’iga ega bo’lib, iqtisodiyotda yakka
hokimlikni o’rnatgan edi. Buning oqibatida davlat iqtisodiyotni, iqtisodiy hayotni bir markazdan
mahmuriy-buyruqbozlik asosida boshqarib, nimani, ya’ni qanday mahsulot va xizmatlarni
qancha miqdorda, qanday texnologiyadan foydalanib, kimlar uchun
ishlab chiqarishni
rejalashtirib, belgilab berar edi.
Jamiyat ahzolari ijtimoiy mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish mulkdorlik
huquqidan mahrum edilar. Tadbirkorlik, biznes bilan shug’ullanish qonun bilan man etilgan edi.
Bunday faoliyat bilan shug’ullanganlar chayqovchi, yot unsur sifatida jinoiy javobgarlikka
tortilar edilar.
Kishilarning mulkdan, uning natijalarini tasarruf etishdan begonalashganliklari tufayli,
mehnat motivatsiyasi va ijtimoiy adolat tamoyillari buzilgan edi. Pirovard natijada sobiq ittifoq
chuqur tanazzulga uchrab, tarqab ketdi.
Ma’lumki, shaxsning mulkdor bo’lish, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash, o’zi istagan iqtisodiy faoliyat turi bilan erkin shug’ullanish hamda shunga muvofiq
cheklanmagan daromad olish va yaxshi yashash imkoniyatlariga ega bo’lish kabi demokratik
ijtimoiy-iqtisodiy
huquqlarini
amalga
oshirishni
faqat
ijtimoiy
yo’naltirilgan
bozor
iqtisodiyotigina ta’minlashga qodirdir.
Mustaqillikka erishgan O’zbekiston xalq turmush farovonligini, iqtisodiy faoliyat
tadbirkorlik erkinliklarini, eng muhimi, mulkdor bo’lish imkoniyatlarini tahminlaydigan ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan insonparvar demokratik huquqiy davlatni va
fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsadida tub islohotlarni amalga oshirmoqda.
SHuning
uchun
ham
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida
«bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil
48
Do'stlaringiz bilan baham: |