Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/134
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#211535
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
Topics 7 - 12

O’zbekistonda jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlashtirishning maqsadi va bosqichlari.

O’zbekistonda  shakllanayotgan xususiy  mulk  ikki  turdan  iborat  bo’ladi: birinchisi,  yakka

tartibda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning, dehqon va fermerlarning  xususiy mulki, ikkinchisi,

ularning 

shirkat

xo’jaliklaridagi 

paylari, 

aktsiyadorlik 

jamiyatlaridagi 

aktsiyalari,

uyushmalardagi  ulushlaridan  iborat  korporativ  xususiy  mulk.  Yakka  va  korporativ  (ulushli)

xususiy mulk egalari mulkdor hisoblanib, ularning mulkka bo’lgan huquqlari, dahlsizligi davlat

tomonidan himoyalandi.  O’zbekiston  Respublikasining    «Fuqarolik  kodeksida»  «mulk huquqi

shaxsning  o’ziga  qarashli  mol-mulkka  o’z  xohishi  bilan  va  o’z  manfaatlarini  ko’zlab  egalik

qilishi,  undan  foydalanish  va  uni  tasarruf  etish,  shuningdek  o’zining  mulk huquqini,  kim

tomonidan  bo’lmasin, har  qanday  buzishni  bartaraf  etishni  talab  qilishi huquqidan  iboratdir.

Mulk huquqi  muddatsizdir»

17

.  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  esa  mulkdor



huquqining  daxlsizligi  bilan  birga,  uning  mashuliyati ham  belgilab  berilgan.  Xususan,  unda

«mulkdor mulkiga o’z xohishiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan

foydalanish  ekologik  muhitga  zarar  yetkazmasligi  fuqarolar,  yuridik  shaxslar  va  davlatning

huquqlarini hamda  qonun  bilan  qo’riqlanadigan  manfaatlarini  buzmasligi  shart»

18

,  deb


ta’kidlangan. Xususiy mulk miqyoslarining kengayib borishiga olib keladi.

Tadbirkorlik erkinligi ayrim shaxslar va ularning uyushmalari, guruhlarining foyda,

daromad olish maqsadida ma’lum sohada xo’jalik, iqtisodiy faoliyat yuritish erkinligini bildiradi.

Bu shuningdek, u yoki bu tarmoqqa tadbirkorlarning o’z xohishlariga ko’ra kirishini va undan

chiqishini ham anglatadi.

Tovarning nuqsonlari bo’yicha istehmolchining talablari u kassa yoki tovar chekini kafolat

muddati belgilangan tovarlar bo’yicha esa tegishlicha rasmiylashtirilgan texnik pasport yoki

uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ko’riladi. Bunday tovarlar boshqa

nuqsonsiz tovarlarga almashtirilib beriladi yoki zararning o’rni pul bilan qoplanadi. Istehmolchi

huquqlarining himoya qilinishi, uning tanlash erkinligini tahminlanishi demokratik iqtisodiy

tamoyilining ro’yobga chiqarilishini anglatadi. SHuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2002

yilda qabul qilingan muhim qarorlariga muvofiq respublikaga istehmol tovarlarini noqonuniy

olib kelinishi va sotilishining oldini olish chora-tadbirlarining ko’rilishi muhim ahamiyat kasb

etadi.


Kishilar naf, foyda va daromad olish uchun intilib, o’zlarida bor bo’lgan qobiliyatlari va

imkoniyatlarini ishga soladilar. Raqobat iqtisodiyot sub’ektlari shaxsiy manfaatlarini ryobga

chiqarishning chegarasini belgilaydi. Hech kimning iqtisodiy yakkahokimlik qilishiga yo’l

qo’ymaydi. SHuningdek, raqobat ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarning istehmolchi, xaridorlar

17

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.:19, 164-modda.



18

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2012. 11-bet




51

manfaati, didi, xohishini inobatga olishga bir-biridan arzonroq va sifatliroq tovarlar ishlab

chiqarish maqsadida yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga undaydi.

Erkin tadbirkorlik, raqobat va narx tizimiga asoslangan bozor iqtisodiyotida hukumat va

davlatning roli cheklangan bo’ladi. Davlat bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi.

Buning uchun davlat iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatining qonuniy bazasini yaratib, ularning

faoliyat, “o’yin” qoidalarini belgilaydi. Aholining turmush darajasining barqaror o’sib borishini,

kam tahminlangan aholi qatlamlarini ijtimoiy himoyalash, boy-kambag’allar o’rtasidagi

farqlarning keskinlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida aholi daromadlarini soliqlar,

transfert to’lovlari vositasida qayta taqsimlaydi, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy

o’sishni ta’minlash maqsadida soliq, byudjet va pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni

tartiblaydi. Davlat bozor mexanizmi to’la-to’kis bajara olmagan vazifalarni o’z zimmasiga olib,

raqobat muhitini saqlaydi, iqtisodiyot sub’ektlarining erkin faoliyatini tahminlaydi. Hamda

jamiyat uchun kerak bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’z zimmasiga oladi.

Demak, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar insonga munosib

turmush sharoitlarini yaratishga, kishining erkin tadbirkorlik va mehnat qilish, tanlash erkinligini

hamda mulkdor bo’lishdek muhim demokratik huquqlarini ta’minlashga, iqtisodiy hayotni

demokratlashtirishga qaratilgandir.

Islom Karimovning «O’zbekistonning o’z istiqlol va

taraqqiyot yo’li»,  «O’zbekiston

kelajagi buyuk davlat»,  «O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li»,

«O’zbekiston

iqtisodiy

islohotlarni

chuqurlashtirish

yo’lida»,  «O’zbekiston

XXI

asr


bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»,  «O’zbekiston

XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» va

boshqa asarlarida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotiga o’tishining

nazariy asoslari, kontseptsiyasi ishlab chiqilgan.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasi uch tarkibiy qismdan iborat:

1) ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tahrifi;

2) bozor munosabatlarini shakllantirishning muhim tamoyillari;

3) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning, barqarorlikni va

muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning aniq yo’nalishlari.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling