Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/134
Sana05.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#211535
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
Bog'liq
Topics 7 - 12

Birinchi bosqichda 1) Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining huquqiy asoslari yuzaga keldi,

300dan ko’proq qonun va qarorlar qabul qilinganligi asarda aytib o’tilgan.  2) Mulkni davlat

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda dastlab mayda mulklar davlat tasarrufidan

chiqarildi.  3) CHet el sarmoyalari O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish yo’lga qo’yildi. SHu

bilan birga bozor iqtisodiyotining 3 ta mezonlari, qadriyatlari yuzaga keldi: a) tadbirkorlik; b)

ishbilarmonlik; v) tijorat. Ma’naviyatda esa a) ziyoli mavqei oshdi; b) mahrifat nuri; v) ijodkor

so’zi qadrlana boshladi.

2. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo’nalishlari qismida

Prezidentimiz 4 ta muhim ustuvor vazifani belgilab berdi:

1. Asosiy vazifa – davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga

yetkazish: bunda a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko’p ukladli iqtisodiyotni rahbatlantirish.

Agar birinchi bosqichda mayda mulklar xususiylashtirilgan bo’lsa (1991-1994 yillarda), endigi

vazifa o’rta mulklarni xususiylashtirish aytildi.

2. Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib ketishiga barham berish va

makroiqtisodiy barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Bu

rivojlanish ichki qonuniyatlarga ham bog’liqligi aytildi.

3. Muhim  vazifa – Milliy  valyuta – so’mni  yanada  mustaxkamlashdan  iborat.  Milliy

valyuta – mamlakat hududida  barcha  tovar  va  xizmatlar  uchun  narxlarni  ifodalash  vazifasini

o’tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to’lov vositasidir…

4. Strategik  vazifa – Iqtisodiyot  strukturasini  tubdan  o’zgartirish: xom  ashyo  yetkazib

berishdan  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishga  o’tish,  uning  sifatini  va  raqobatga  bardoshligini

jahon bozori talablari darajasiga yetkazish.

O’zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

I.A.Karimov

ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlardan

ko’zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq

tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo

etishdan iboratdir

1

», - deb belgilab bergan.



Respublikamizda

amalga


oshirilayotgan

iqtisodiy

islohotlar

iqtisodiyotni

davlat

tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo’lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va



tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni

erkinlashtirishga yo’naltirilgandir.

Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy

yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga

oshirilmoqda.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-

1994 yy.) mahmuriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini tugatish,

tanglikka barham

berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o’ziga xos sharoitlari va

xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish

vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:

1

Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O’zbekiston, 1998. 179-bet.




53

1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda

mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to’g’risidagi va

boshqa ko’plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan qonunlar qabul qilingan;

2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot negizlarini

yaratish;

3)

ishlab


chiqarishning

pasayib


borishiga

barham


berish,

moliyaviy

ahvolning

barqarorlashuvini ta’minlash.

Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, maxalliy

sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari

amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi,

ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o’tdi. 3569 ta aktsiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va

o’rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga yetdi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling