Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi


  «SHanxay hamkorligi tashkiloti» (SHHT)


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/90
Sana21.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#176151
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90
Bog'liq
Topics 12-14

4.  «SHanxay hamkorligi tashkiloti» (SHHT) – tichlik, xavfsizlik va barqarorlik-ni

mustahkamlash, o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan xalqaro

hukumatlararo tashkilot. SHHT oltita davlatni – Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston,

Tojikiston va O’zbekistonni o’z ichiga oladi. SHHTning shakllanishi 1992 yildan Xitoy bilan

chegaradosh besh postsovet respublikalarining o’zaro chegaralarni aniqlash bilan bog’liq

muammolarni muhokama qilishdan boshlangan. “SHanxay beshligi” deb nom olgan bu tashkilot

1996 yilda SHanxayda,  1998 yilda Almatida,  1999 yilda Bishkekda besh davlat rahbarlarining

sammiti chegaralarni mustahkamlash, chegara hududlarida qurolli kuchlarni qisqartirish kabi

masalalarni kelishib, hal etishga qaratildi.  2000 yil iyulida Dushanba sammitida tashkilotga

oltinchi bo’lib O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov kuzatuvchi sfatida qatnashdi.  2001 yil 15

iyunda SHanxay sammitida tashkilotga oltinchi bo’lib O’zbekiston qo’shildi, SHHT tuzish

to’g’risidagi Deklaratsiya ehlon qilindi,  «Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash

to’g’risida SHanxay konventsiyasi» imzolandi. 2002  yil  iyulida  Sankt-Peterburgda  olti  davlat

rahbari «SHanxay hamkorlik tashkiloti xartiyasi»ni qabul qildilar. 2003 yil may oyida Moskvada

SHHTning  tashkiliy  organlari,  ramzlari  tasdiqlanib,  O’zbekiston  tashkilotning  yangi  raisi  etib

belgilandi.  2003  yil  sentyabrila  Pekinda  «SHHTga  ahzo  davlatlarning  20  yilga  mo’ljallangan

savdo-iqtisodiy hamkorlik  dasturi»  qabul  qilinib,  mahsulot,  kapital,  xizmat  va  texnologiyalar

erkin  aylanishi  shartlari  belgilab  olindi,  SHHTning  moliyaviy  byudjeti  ko’rildi.  2004  yil

iyunidan Tashkilot to’la ravishda ishga kirishdi. 2005 yilda Ostona sammitida va 2007 yil 15-16

avgustda Bishkek uchrashuvlarida Eron,  Pokiston  va Hindiston, Mongoliya kuzatuvchi sifatida

ishtirok etdi.

Hozirgi kunda SHHTdoirasida 130 ga yaqin hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

SHHT biror bir davlat yoki tashkilotga qarshi qaratilmaganligi va ochiq faoliyat olib

borilishi bilan xalqaro munosabatlarning yangi shaklini yuzaga keltirdi,  “SHanhay ruhi”

tushunchasiga yo’l ochildi. Tashkilotning asosiy maqsadlari:

- ahzo davlatlar o’rtasidagi o’zaro ishonch va yaqin qo’shnichilik munosabatlarini

mustahkamlash;

- mintaqada tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni birgalikda ta’minlash va saqlab turish

siyosiy, savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy sohalardagi samarali hamkorlikka keng yo’l

ochib berish;

- energetika, transport, turizm, atrof-muhitni himoya qilish va boshqa sohalardagi

hamkorlikni kuchaytirish.

SHHT rahbar organi – Davlatlar Rahbarlari Kengashi. Barcha davlatlarning soha vazirlari,

Bosh  prokurorlar,  CHegara  qo’mitalari  rahbarlari  muntazam  uchrashib,  ish  olib  boradilar.

SHHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlari ikkita:  2004 yil 17 yanvarda Pekinda SHHT

Kotibiyati va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo’mitasi ishga tushdi.

SHHTning eng muhim 3 ta vazifasi 2001 yil 15 iyunda «Terrorizmga, separatizmga hamda

ekstremizmga qarshi kurash haqidagi SHanxay Konventsiyasi» qabul qilinib, belgilab berildi:

1) terrorizmga qarshi birgalikda kurashish;



47

2) separatizm (ayirmachilik) ga qarshi kurash;

3) ekstrimizmga qarshi kurash.

2000 yilning sentyabrg’ oyida ham BMT Bosh Assambleyasi «Ming yillik sammiti»da,

2003 yil 29 mayda SHHTning Moskva sammitida, 2004 yil 17 iyunda Toshkent sammitida, 2005

yil 5 iyulda Ostona SHHTning sammitlarida Prezidentimiz mintaqamiz xavfsizligini ta’minlash

bilan bog’liq bo’lgan xalqaro terrorizm va narkobiznesga qarshi faol kurashish, Markaziy Osiyo

mintaqasidagi

barqarorlik

va

xavfsizlikni



ta’minlash

va

jahon



xavfsizlik

tizimini


takomillashtirish muammolariga ehtibor qaratdi. Mintaqa xalqlari uchun o’ta muhim ahamiyatga

ega bo’lgan bu jarayonni to’g’ri anglab  yetgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari

faqat 2000 yilning o’zida bir necha bor uchrashuvlar o’tkazdi. Xususan, 2000 yil oktyabrg’ oyida

Toshkentda, bo’lib o’tgan uchrashuvda «Markaziy Osiyoda narkotiklarning noqonuniy savdosi,

uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurash bo’yicha hamkorlikning ustuvor

yo’nalishlari» to’g’risidagi o’ta muhim hujjat imzolandi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling