Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 iyunda Moskvada Rossiya Prezidenti
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 iyunda Moskvada Rossiya Prezidenti
Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muloqat chog’ida O’zbekiston-Rossiya munosabatlari strategik sherikchilik tamoyillari asosida rivojlanib borayotgani, mamlakatimiz o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalardagi hamkorlik keng ko’lamda tarakqiy etayotgani ta’kidlandi. Prezidentlar o’rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr
almashdilar. Hamkorlikni kengaytirish borasida
tomonlarning hamfikrligi, qarashlarning mushtarakligi muhim ahamiyatga ega ekanigi qayd etildi.
Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari Islom Karimov va V.Putinning diqkat markazida bo’ldi. O’zbekiston rahbari Rossiya Prezidentiga 2005 yil 13 may kuni Andijon shahrida ro’y bergan fojiali voqealar hamda ushbu jinoyat yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari haqida so’zlab berdi. Rossiya rahbariyati ushbu muammoga xolis yondashganini, vaziyatni to’g’ri baholaganini ta’kidladi. SHuni
alohida ta’kidlash joizki, Rossiya
O’zbekistonning muhim
strategik hamkorliklaridan biridir. Ikki
mamlakat o’rtasida turli sohalardagi aloqalar tobora
mustahkamlanib bormoqda. 2004 yili O’zbekiston va Rossiya o’rtasidagi o’zaro tovar aylanmasi I milliard 641,9 million, 2005 yilning birinchi choragida esa 428,7 million AQSH dollarlariga teng bo’ldi. Mamlakatimizda Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan 360 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatmoqda. 2004 iil Toshkentda ikki davlat prezidentlari imzolagan O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida Strategik sherikchilik to’g’risidagi shartnoma bu sohadagi hamkorlikning yanada rivojlanishida yangi bosqich bo’ldi. Har ikkala mamlakat Prezidentlari o’zaro hamkorlikning bugungi ahvoli va istiqboli haqidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda birgalikdagi harakatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik to’g’risidagi masalalarni muhokama qildilar. SHuni ham ta’kidlash joizki, Rossiya bilan O’zbekiston SHanxay Xamkorlik tashkilotining ahzolari bo’lib, bu davlatlar birgalikda xalqaro terorizmga, diniy ekstremizga, separatizm kaby "Xizbut-tahrir" oqimlariga birgalikda kurash olib bormoqdalar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling