Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
Islom Karimov
masala, shubhasiz, fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri bo’lmish ommaviy axborot vositalari faoliyatini erkinlashtirish masalalariga borib taqaladi. Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko’zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo’lib xizmat qilib kelgan. Bu holat ayniqsa shiddatli surhatlar bilan o’zgarib borayotgan bugungi globallashuv zamonida har qachongidan ko’ra keng tarmoq yozdi, binobarin, hayotimizning birorta sohasini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. So’z va matbuot erkinligi, uning keng oshkoraligi, islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etish imkonini beradi. Ayni ana shu vazifa nuqtai-nazaridan jamiyatni yanada rivojlantirish, uni sifat jihatidan yangilashda ustuvor yo’nalish bo’lib qolmokda. Kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalari vazifalarini bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tqaza borish
singari demokratik tamoyillarni chuqurlashtarishda OAV imkoniyatidan samarali foydalanish zarur bo’lib qolmoqda. Axborot sohasini isloh qilish, milliy ommaviy axborot vositalari sohasida butkul yangi tizimni yo’lga qo’yish, axborot va so’z erkinligini, shuningdek, mamlakatda saylov huquqi erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini yangi pog’onalarga ko’tarish borasida erishilgan yutuqlar mohiyatida ham o’zbek modelining mahno-mazmunini tashkil etgan qadriyatlar, hayotiy printsiplar mujassam bo’lgan. Mustabid tuzumga xos o’z umrini o’tab bo’lgan jamiyatni boshqarish aqidalaridan voz kechib, yosh mustaqil davlatni zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish, hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish o’z-o’zidan amalga oshmasligi ortda qolgan yigirma yillik shonli va g’oyatda murakkab istiqlol yillari voqealarida o’z ifodasini topdi. SHu o’rinda hech ikkilanmay aytish mumkinki, jamiyat hayotida yuz bergan va berayotgan voqea-hodisalarning hech birini axborot sohasidan, ommaviy axborot vositalaridan ajratgan holda tushunish mumkin emas. Xususan, mamlakatda demokratik jamiyat asoslarini barpo etish axborot va so’z erkinligini ta’minlash masalalari bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki fuqarolarning axborotga doir huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik hayot barpo etish yo’lidagi har qanday jamiyat oldida turgan birlamchi masalalardan hisoblanadi. Aytish joizki, O’zbekiston bu borada eng to’g’ri yo’lni tanladi va ushbu yo’ldan og’ishmay olg’a bormoqda. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalari siyosiy-g’oyaviy, ma’naviy-ruhiy kommunikatsiyaning asosiy tayanchi sifatida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy faolligiga kuchli tahsir
etib, davlat
institutlariga nisbatan jamoatchilik nazoratining kuchayishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ommaviy axborot institutlarining jamiyat hayotidagi ma’naviy-siyosiy salohiyati qanchalik kuchli bo’lsa, jamiyatda shu darajada faollik va rag’bat, bunyodkorlik hamda g’oyaviy uyg’oqlik tuyg’ulari kuchli bo’ladi. OAV institutlari orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish fuqarolarga konstitutsiyaviy asosda o’zaro birlashish, uyushish huquqini ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Aholi turli guruh va qatlamlarining ijtimoiy
manfaat va qiziqishlarini ifoda etadi. Qolaversa, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy va siyosiy madaniyatini yuksaltirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. 18 Mahruzada ta’kidlanganidek, OAVning yuksak g’oyaviy minbar va odamlar qalbu shuuriga tez tahsir etuvchi vosita singari imkoniyatlaridan samarali foydalanish – odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va aholining ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish, eng avvalo insonning o’zini o’zi tushunishi va fuqarolararo munosabatlarni yuksak ma’naviy-mahrifiy mezonlar asosida shakllantirishga xizmat qiladi. SHuningdek, OAV institutlari zamonaviy insonparvar tafakkurni, fuqarolardan ijodkorlik ruhini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Ya’ni, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, boshqarish, hozirgi zamon
mehyorlari asosida
kishilik taraqqiyotini ta’minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zarurligidan kelib chiqib, OAVning siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik axborot tizimini boshqarish kabi qator, bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taqozo etadi. SHu bilan birga, OAVni boshqarish va tashkil etishning eng maqbul shaklini joriy etish zarur bo’lmoqda. Uning bevosita davlat hokimiyati va o’zini o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi munosabat, o’zaro ishonchni, jamiyat va davlat taraqqiyotini, fuqarolar yakdilligini, ma’naviy va g’oyaviy jihatdan birligini tahminlovchi kuchli vositalar sifatida imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarur bo’ladi. OAV instituti, avvalo, milliy manfaat, jamiyat va shaxs erkinligini hisobga olgan, axborot olish va uni tarqatish kafolati hamda majburiyati bilan bog’liq jarayonlarning bevosita shaxsiy, mahalliy, urug’-aymoqchilik manfaatlaridan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanib bormog’i lozim. Ana shunday sharoitda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga yo’naltirilgan har qanday mazmundagi axborotni tarqatishdan oldin jamiyatning ma’naviy - ruhiy holatiga salbiy tahsir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni targ’ib etuvchi, pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar mavqeiga, obro’siga va shahniga salbiy tahsir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan, sog’lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma’naviy-ruhiy mehyorlari vujudga keladi. O’zbekistonda demokratik tamoyillarni yanada rivojlantirish va kuchli fuqarolik jamiyatini takomillashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlar mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish chora-tadbirlarining izchil va qonuniy tus olganiga bevosita bog’liq. Ana shundan kelib chiqib, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning hozirgi bosqichida huquqiy demokratik davlat tamoyillarini amalda ro’yobga chiqarish - davlat organlari, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan OAV orqali jamoat nazoratini o’rnatish zarurati kuchayib bormoqda. OAV faoliyatini erkinlashtirish – jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etuvchi vositadir. Fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishda OAVning roli tobora oshib bormoqda. Bu, hatto, davlat tizimi faoliyatining barcha jabhalarida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida raqobat muhitini qaror toptirish va Hammaga barobar bo’lgan shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi, davlat boshqaruvi idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazish masalasida aks etadi. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti OAV instituti va jamoatchilik nazorati tushunchalarining mohiyati va ahamiyatini tobora oshirmoqda. Mazkur serqirra, murakkab, zargarlarga xos noziklik bilan hal qilishni talab etgan ijtimoiy-siyosiy jarayon tobora yangi mazmun kasb etmoqda. Tub yangilanishlar davrining o’ziga xos murakkabliklari, katta geosiyosatdagi suveren davlatlarga nisbatan olib borilayotgan tashqi bosimlarning ko’lami, shu bilan bir qatorda kuchli fuqarolik jamiyatining muhim elementi bo’lmish siyosiy saylovlar tajribasi mazkur muammoning naqadar murakkabligini namoyon qilmoqda. Ayniqsa, OAV faoliyatini erkinlashtirish, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini tahminlaydigan demokratik printsiplarni hayotga joriy etuvchi jarayon ekani kunday ravshan bo’lib bormoqda. Davlatning iqtisodiy sohaga, jumladan, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi navbatda xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashi hamda qonunlar ijrosi bo’yicha davlat
19 O’zbekistonda telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiқadigan xalқaro kanallarga ega. Keyingi 10 yil ichida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni 7 barobar ko’paydi. respublikada Internet tizimidan foydalanuvchilar soni 6 milliondan oshdi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling