Fuqarolik jamiyati shakllanishining umumiy jihatlarini quyidagilar tashkil qiladi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Topics 12-14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
- Birinchisi
Islom Karimov
O’zbekistonda keyingi yillarda sunhiy yo’ldosh aloqa tarmog’i orқali teleradiodasturlarni tarқatish yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo’nalish bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri chiqadigan xalqaro
kanallarga ega.
Yurtimizdagi teleradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko’rsatuv va eshittirishlar Internet global tarmog’i orqali real vaqt rejimida jaҳonga uzatilmoqda...
hokimiyati organlari ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishi lozim. Ayni shu g’oyani mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov keng
jamoatchilik oldiga
strategik masala
sifatida qo’ymoqda. Ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma- bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o’tkazish zarurligini talab
qilmoqda. Ayni
ana shu
vazifalarni bajarish esa OAV institutining fuqarolarning ijtimoiy faolligi va siyosiy madaniyatini oshirishdagi roliga ham
bevosita bog’liqdir. Islohotlar taqdiri,
demokratlashtirishning samarali natijalar berishi va istiqboli ko’p jihatdan OAVning aholi ijtimoiy-siyosiy faolligi, aql-zakovati va fidoiylik tuyg’ularini shakllantiruvchi muhim institut sifatidagi vazifalarini qay darajada bajarayotgani bilan ham bog’liq. Inson ongida demokratik qadriyatlarning chuqur ildiz otishi, uning o’z ijtimoiy burchini tushunish va xaq-huquqlarini yanada kengaytirish istagi, yuksak ma’naviy-mahrifiy saviyaga ega bo’lish, o’z manfaatlarini ongli idrok qilish singari qadriyatlar bilan bog’liq masalalarni hal etishda OAVning roli katta. Ayni OAV tuzilmalarining xalqni qarorlar qabul qilish jarayonlaridan xabardor qilib borish, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, fuqarolarning davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok eta olishini belgilaydigan institut sifatidagi roli tobora ortmoqda. 1994 yilda respublikada 475 ta OAV, ulardan 384 ta gazeta, 66 ta jurnal, 19 ta telestudiya, 3 ta kabelg’ televideniesi, 2 ta radiostudiya va bitta agentlik faoliyat ko’rsatgan bo’lsa 19 , davlatimiz rahbari o’z mahruzasida ta’kidlaganidek, keyingi 10 yilning o’zida bosma ommaviy axborot vositalarining soni 1,5 barobar, elektron ommaviy axborot vositalarining soni esa 7 barobar ko’payib, bugungi kunda ularning umumiy soni qariyb 1200 taga yetdi. Mavjud barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari O’zbekistonda yashaydigan millat va elatlarning 7 ta tilida faoliyat olib boradi, shuningdek, bosma materiallar va teleko’rsatuvlar ingliz tilida ham tarqatilmoqda. 20 Mamlakatimizda ommaviy axborot
vositalari sohasida
olib borilayotgan davlat siyosatining qonunlar yordamida mustahkamlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligi va mustaqilligini amalda ta’minlash, ularni tom mahnoda "to’rtinchi hokimiyat" sifatida shakllanishi uchun yetarli huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta’minlashning g’oyat muhim sharti - ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo’yicha aniq va izchil choralarni amalga oshirishdir. Bu boradagi asosiy vazifa matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta’minlashdan, ommaviy axborot vositalarini fikrlar va g’oyalarni erkin ifoda etadigan maydonga aylantirishdan iborat. Bu choralar natijasida 19 OAV: ҳ uquqiy baza takomillashtirilmoqda // Xalq so’zi. – 2010. – 20 avgust. 20 I.Karimov. Mamlakatimizda demokratik isloҳotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi // Xalq so’zi, 2010 yil 13 noyabr.
20 aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida amaliy ishtirok etishi uchun kengroq jalb qilishga erishish mumkin. Ayni chog’da bugungi globallashuv asrida axborotga bo’lgan talab tobora kuchayib borayotganini ehtiborga olish zarur. SHunday ekan, xolis va haqqoniy axborotni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko’ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy “Xabar, deb yozadi - xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg’onlik tusini oladi. CHunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil. Xalqlar o’rtasida tortishish va talashish ko’p”. Bundan o’n asr muqaddam aytilgan ushbu haqqoniy so’z nuqtai nazaridan kelib chiqilsa, axborot jangi avj olgan bugungi kunda siyosiy jarayonlarning mahno-mazmunini va asl sabablarini chuqur anglash, atrofda sodir bo’layotgan voqealar haqida haqqoniy ma’lumotlarga ega bo’lish, har qanday noxolis axborot hurujlari zamirida rangli inqiloblar, namoyishlar yotganini aholiga va avvalo yoshlarimizga tushuntirishda OAV ning o’rni va tahsir kuchi beqiyosligi ayon bo’ladi. Yurtdoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni yot va zararli g’oyalardan muhofaza qilish, xavfsizlikka turli tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashni kuchaytirish, mamlakatimiz hamda mintaqadagi barqarorlikni mustahkamlash borasida OAV vakillari o’zining qathiy pozitsiyasiga ega bo’lish, ehtiqod qo’ygan nuqtai nazarni ishonch bilan asoslay olish kabi xislatlarni fuqarolarimizda shakllantirish ham soha vakillarining muhim vazifalaridandir. Bu borada O’zbekiston MDH mamlakatlari ichida birinchilar qatori aloqa tarmog’ining 4 avlodi hisoblangan (4G) ishga solganini qayd etish zarur. Bu texnologiya ma’lumotlarni 100Mb/sek gacha tezlikda (ya’ni, 3G tarmog’iga nisbatan 30 baravar tezroq) uzatish imkoniyatiga ega. Tizimning ishga tushirilishi natijasida foydalanuvchi shu ondayoq so’ralayotgan ma’lumotga ega bo’lishi mumkin 21 .
bo’lmaydi. Zero, bu texnologiyalar qisqa muddat ichida aloqa qilish imkoniyatlari va axborot olish usullari to’g’risidagi tasavvurlarimizni keskin o’zgartirib yubordi. Hozirgi vaqtda AKT jamiyat turmushining barcha sohalarida – davlat boshqaruvida, iqtisodiyot, siyosat, tibbiyot, tahlim, fan va madaniyat, maishiy turmush va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Mubolag’asiz aytish
mumkinki, hech bir mamlakat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda takomillashuviga yetarli darajada ehtibor bermay turib, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi. AKT axborot olish, uzatish va tarqatish erkinligini berish bilan birga odamlarga o’zining intellektual salohiyatini yanada to’liq foydalanish imkoniyatini yaratib, barqaror iqtisodiy o’sish, faravonlik darajasini oshirish maqsadlariga erishishga yordam beradi. Respublikada Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ommaviy axborot vositalari sohasida yuz bergan tarixiy yangilanishlar haqida so’z borar ekan, ikki masalaga alohida ehtiborni qaratish zarur. Birinchisi – nodavlat ommaviy axborot vositalari institutining yaratilishi. Ikkinchisi – elektron ommaviy axborot vositalari tizimining jadal rivojlanayotgani masalasi. Mustaqillik yillarida milliy matbuot tizimida ilgari mutlaqo kuzatilmagan nodavlat ommaviy axborot vositalari instituti vujudga keldi. Ayni paytda, bu turdagi ommaviy axborot vositalari axborot maydonini axborot bilan ta’minlashda emin-erkin faoliyat yuritmoqda. SHu bilan ular nafaqat axborot maydonini, balki jamiyatda demokratlashtirish muhitini yanada mustahkamlashga bevosita hissa qo’shmoqda. SHuni ham ta’kidlamoq zarurki, nodavlat ommaviy axborot vositalarining ko’payishi o’z holiga tashlab qo’yilgani yo’q. Balki bu soha faoliyatini ham
moddiy-texnik jixatdan
qo’llab-quvvatlash ham
kadrlar masalasida ko’maklashishga qaratilgan ikkita salohiyatli nodavlat notijorat tashkilot tashkil etildi. Hozirda bu ikki tashkilot – Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi samarli faoliyat yuritmoqda. 21 CHерез успехи к новым целям // Народное слово. - 2010 год. - 23 сентября. 21 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini huquqiy tartibga solish maqsadida mamlakatda 11 ta qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 40 ta qarori, 600 dan ziyod qonunosti xujjatlari qabul qilinib, bir qator milliy dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompg’yuterlashtirish va axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” ,“O’zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmog’ini 2010 yilgacha bo’lgan davrda rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish milliy dasturi” i va boshqalar shular jumlasidandir. Mustaqillik yillarida mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga alohida ehtibor qaratilgani bois ushbu sohani jadal surhatlar bilan rivojlanish, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini ko’paytirish va uni xorijiy hamda mamlakatimiz investorlari uchun yanada jozibador qilish imkonini berdi. Aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari korxonalari samarali faoliyati tufayli 2010 yilning birinchi yarim yilligida ular tomonidan 911,6 mlrd. so’m miqdorida xizmatlar ko’rsatildi. Bu 2009 yilning shu davriga nisbatan 107 foizni tashkil etadi. Bu mablag’ning asosiy qismi 60 foizi (552,4 mlrd. so’m) aholiga xizmat ko’rsatish natijasida olingan 22 .
Mamlakatimizda raqamli televideniega o’tish ishlari 2007 yilda boshlangan bo’lib, dastlab 2008 yilning avgust-sentyabrida Toshkent va Buxoroda raqamli televizion uzatgichlar o’rnatilib, 12 ta teledastur namoyish qilina boshladi. Kelgusida teledasturlar sonini 40 tagacha yetkazish mo’ljallanmoqda. 23 Raqamli televideniega o’tish natijasida bir chastotada birdaniga 12 stantsiya ko’rsatuvlari tashkil etilishi radiochastotalar tanqisligi muammosini hal etib, radiochastotalarni olish uchun o’tkaziladigan tanlovlarning demokratik va oshkoraligini ta’minlash teng raqobat va elektron media-bozor tarmoqlarining monopollashuviga yo’l qo’ymaslik uchun sharoit yaratadi. Joriy yilning oxiriga qadar raqamli televidenie uzatgichlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida o’rnatish rejalashtirilgan. Mamlakatimizda raqamli televideniening qabul qilingan standarti DVB-T MR-4 bo’lib, u jahonda tan olingan va eng zamonaviy standartlardan biri deb qabul qilingan. Hozirgi kunda respublikamiz olimlari tomonidan DVB-T MR-4 signallarini qabul qiluvchi tyunerlar tayyorlanib, ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilingan. Ularni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan, har yili korxonada 60 ming donagacha bunday yuqori texnologik uskunani ishlab chiqarish mo’ljallanmoqda. 24 Davlatimiz rahbari Islom Karimov mahruzaning avvalida erishilgan yutuqlarga mahliyo bo’lib, xotirjamlik kayfiyatiga berilish real voqealardan uzilib qolishga olib kelishiga alohida urg’u berar ekan, jahon miqyosida kechayotgan jarayonlarda mustahkam o’rin egallash uchun har tomonlama chuqur o’ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo’lish zarurligini uqtirib o’tdi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda, Prezident axborot sohasini isloh qilish, axborot va so’z erkinligini ta’minlashga qaratilgan amaldagi bir qator qonunlarga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish hamda yangi qonunlar qabul qilishni dolzarb ahamiyat kasb etishini belgilab, quyidagi takliflarni berdi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling