Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
O’zbekiston – milliy
taraqqiyotning yangi bosqichida 6 yangi to’lqini, el-yurt bilan bamaslahat ish tutish, odamlarni tinglash, ularning hayotiy muammolarini hal qilish tajribasi dunyo hamjamiyati oldida O’zbekistonning yangi maqomini, mamlakat rahbariyati olib borayotgan siyosatning yangicha ma’no-mazmunini namoyon etmoqda. Ayniqsa, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” shiori ostida butun xalqni ruhlantirishi, nafaqat xalqimiz, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda. O’zbekistonning bugungi milliy taraqqiyot yo’li, uning quyidagi amaliy faoliyatida yaqqol namoyon bo’lmoqda: Birinchidan, dunyoda turli ko’rinishdagi qonli mojarolar, diniy va irqiy kelishmaslik, iqtisodiy muammolar odamlar, ayniqsa, yoshlar hayotini larzaga keltirib turgan, yosh yigit-qizlar ongini egallash uchun kurash avjiga chiqqan bir sharoitda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, tinch-totuv hayotimizga rahna solishga qaratilgan harakatlarga yo’l qo’ymaslik, xalqimizga xos mehnatsevarlik, bag’rikenglik, sabr-bardosh kabi fazilatlarni saqlab qolish borasidagi ishlarimiz, maqtovga loyiqdir. Ayniqsa, so’nggi yillarda davlat-jamiyat-shaxs munosabatlarida yuz bergan, fuqarolar, yoshlar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligidagi o’zgarishlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ikkinchidan, hech bir mamlakat o’zi yolg’iz holda taraqqiy etgan emas. Chunki murakkab dunyoning ko’pdan-ko’p muammolari aynan hamkorlikda, do’stona tarzda hal etiladi. Shu jihatdan qaraganda, O’zbekistonda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo’shnilar bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqadagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga qat’iy amal qilinayotganligi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. O’zbekiston Markaziy Osiyoda aholisi jihatidan eng katta mamlakat. Chunki mintaqadagi jami 65 million atrofida aholi yashasa, uning teng yarmi mamlakatimizda istiqomat qiladi. Bundan tashqari, mamlakatimiz bugungi iqtisodiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyati, jahon maydonida erishgan yutuqlari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Amalda xalqimiz kimlarning avlodi ekanini, 7 nimalarga qodirligini namoyon etmoqda. Dunyo bizga hurmat ko’rsatishga, biz bilan yaqindan hamkorlik qilishga kirishdi. Qo’shnilarimiz bilan yaqin do’stona munosabatlar esa, birinchidan, bizning milliy manfaatlarimizga to’la mos kelsa, ikkinchidan, buni xalqaro maydondagi obro’-e’tiborimiz ham talab qiladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling