Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

 
Uchinchidan, O’zbekiston tom ma’noda – yoshlar mamlakati. Shunday ekan 
davlatimiz ertangi kunimizning tayanchi va suyanchi bo’lmish yosh avlodni 
yangicha, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta 
egallagan, shu yurtning haqiqiy egasi, Vatanning taqdiri va kelajagi uchun 
mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir insonlar bo’lib voyaga yetkazishni olib 
borayotgan islohotlarining markaziga qo’ymoqda. Chunki aynan shunday yoshlarni, 
aytish mumkinki, hal qiluvchi kuch sifatida tayyorlashni ustuvor vazifa deb kun 
tartibiga qo’yilishida bir qator asoslar mavjud. Bu haqiqat vaqt o’tishi bilan naqadar 
uzoqni ko’zlagan tarixiy qadam bo’lgani tobora ayon bo’lmoqda. 
To’rtinchidan, jamiyat hayotini yuksaltirish, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy 
kuch-qudratini oshirishda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, o’quv jarayonini 
zamonaviy talablarga, bugungi murakkab sharoitga mos ravishda olib borish
yoshlarning nazariy bilimlarini amaliy ko’nikmalar bilan uyg’unlashtirish 
borasidagi amaliy islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki milliy taraqqiyotga 
ilm-fan cho’qqilarini zabt etgan, qalbida Vatan tuyg’usi jo’sh urgan, istiqlol 
g’oyalariga sadoqatli, yurtning farovon kelajagiga ishonchi mustahkam yoshlarning 
faolligi bilan erishiladi.
Milliy taraqqiyot, iqtisodiy barqarorlik, birinchi navbatda, jamiyatdagi 
tinchlik-totuvlik, 
katta 
hayot 
ostonasiga 
qadam 
qo’yayotgan yoshlar 
dunyoqarashining to’g’ri shakllangani, o’tmish ajdodlar merosidan bahramandligi 
va ular tajribasiga tayanib, mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy 
salohiyatini mustahkamlash yo’lida amalga oshirayotgan ishlari bilan bevosita 
bog’liq. Jamiyatning har bir yosh a’zosi ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ulug’ 
ajdodlar merosidan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan boxabar, ularga 
og’ishmay amal qiladigan, jamiyat oldidagi o’z mas’uliyatini to’g’ri tushungan, 
irodasi mustahkam, imoni baquvvat bo’lishi kerak. Bu fazilatlar bir-birini to’ldirishi, 



biri ikkinchisiga poydevor bo’lishi, ya’ni ta’lim va tarbiya jarayonlari bir-biriga 
hamohanglik kasb etishi lozim. Yoshlar zamonaviy bilimlarni yaxshi egallasalaru 
ma’naviyat, odob-axloq, milliy qadriyatlarga amal qilishda uquvsizlik qilsalar yoki 
aksincha – milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni chuqur o’zlashtirsalaru zamonaviy 
bilimlardan, fan-texnika yangiliklaridan, tanlagan kasblariga doir dunyodagi ilg’or 
tajribalardan bexabar bo’lsalar, har ikki holatda ham ma’lum muammolar yuzaga 
keladi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya hech qachon mavsumiy ishga aylanmasligi, bu 
jarayon tarbiyachilar, ustoz-murabbiylarning hamisha diqqat markazida bo’lmog’i 
zarur. Mamlakatimizning bugungi islohotlari aynan yuqorida nomlari keltirilgan 
masalalarning yechimi borasida konstruktiv asos vazifasini o’tamoqda. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling