Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Uklad – tartib, tarz; ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning asosiy xo’jalik  shakli. Umumbashariy qadriyat –


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Uklad – tartib, tarz; ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning asosiy xo’jalik 
shakli.
Umumbashariy qadriyat – dunyo xalqlarining ko’pchiligi tomonidan tan olingan
huquqiy me’yorlar tarkibiga kiritilgan yoki qadriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik 
va yohud munosabatlar tizimiga nisbatan qo’llaniladigan tushuncha. 
Universal – (lot. universalis –umumiy); har tomonlama, keng qamrovli
ko’plab maqsadlar uchun yaroqli, turli vazifalarni va funksiyalarni bajara oladigan. 
Vatan – (arabcha “Vatan” – ona yurt ) – kishilarning yashab turgan, ularni 
avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan 
bir-birini taqozo etuvchi tashqi muh it va ichki kechinmalar hamda tushunchalarni 
o’z ichiga oladi. Tashqi muhit nuqtai nazaridan Vatan kishi yoki avlodlar tug’ilib 
o’sgan va kamol topgan joy.
Vatan ravnaqi – milliy istiqlol mafkurasining Islom Karimov tomonidan 
asoslab berilgan g’oyalaridan biri. Islom Karimov Vatan ravnaqi g’oyasini ilgari 
surar ekan, uning mazmunini har bir kishining manfaatlarini yurt manfaatlari bilan 
uyg’unlashtiruvchi, uni xalq baxt-saodati yo’lida xizmat qilishga undovchi 
bunyodkor g’oyadir deb ta’riflaydi. Zero, u milliy istiqlolning oliy maqsadi - 
O’zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarning el-yurt kamoli bilan bog’liq orzu-
umidlarini amalga oshirishni ifodalaydi. 
Vayronkor (buzg’unchi) g’oya – yovuzlik va jaholatga, ayrim jinoyatkor 
kuchlarning hukmronligini o’rnatishga xizmat qiladigan, insonlar, millatlar va 


152 
jamiyatning mustaqilligiga, erkinligiga, ijodkorligiga zid bo’lgan g’oyalar 
majmuini ifodalovchi tushuncha. 
Vijdon erkinligi  fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga 
e’tiqod qilmaslik huquqi. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling