Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Taraqqiyot – jamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga, quyidan 
yuqoriga yo’nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga o’tishi jarayoni. 
Tashabbus – lot. initsiativa initiative-tashabbus; qandaydir ishni boshlashga 
undash, ishbilarmonlik; muhokama qilish uchun takliflar berish. 
Tinchlik – insonning hayotiy ehtiyoji, emin-erkin yashashi va kamol 
topishining eng zarur omili. 
Tolerantlik – fr. tolyrant (lat. Tolerāns-tolerantis) hozirgi o’zbek tilida lug’aviy tarjima 
qilganda chidamlilik, sabrlilik, bardoshlilik, toqatlilik ma’nolarini anglatadi.
Totalitar – lot. totalis-butun, to’la, bir butun); davlat hokimiyati organlari 
tomonidan jamiyat hayotining hamma sohalarini nazorat qiladigan davlat shakli, 
amalda konstitutsion huquq va erkinliklarni tugatilishi; bu rejimda davlat hokimiyati 
biron-bir guruh (siyosiy partiya) qo’lida to’planib, mamlakatda demokratik 
erkinliklar va siyosiy muholifatni amal qilishi uchun imkoniyatlar bo’lmaydi. 
Transformatsiya – lot. transformatio – o’zgarish; tuzilmalarni, shakllarni va 
usullarni o’zgartirish, faroliyatning maqsadli yo’nalishini o’zgartirish.
Tranzaksiya – ingl. bank transaction, ot lot. transactio - kelishuv, shartnoma
tranzaksiya – bu sotib olishga doir sharnomani tuzish/moliyaviy vositalarni 
sotishga doir shartnoma. Bank tranzaksiyasi, deganda bir bank hisob raqamidan 
ikkinchisiga yoki bank ichidagi bir hisob raqamidan ikkinchisiga pul mablag’larini 
o’tkazish tushuniladi.


151 
Tred – yunionistik nazariya- ijtimoiy sheriklikning mehnat munosabatlarini 
tartibga solishi to’g’risidagi nazariya 
Tripartizm – ijtimoiy sheriklikning davlat organlari, biznes vakillari va 
nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
o’rtasidagi kelishuv. 
Uchinchi sektor – dunyodagi barcha mamlakatlarda notijorat va xayriya 
maqsadlarida tashabbus ko’rsatayotgan va keng faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat 
tashkilotlarga (NNT) nisbatan qo’llaniladi (birinchi sektor - davlat, ikkinchi sektor - tijorat 
sektori yoki shaxsiy sektor deyiladi). 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling