148
va ovoz berish chog’ida amaldagi qonunlarga, o’rnatilgan tartiblarga amal qilishi,
saylov qatnashchilarining bir birlarini hurmat qilishi tushuniladi.
Saylov tizimi – O’zbekiston Respublikasida
saylov tizimi deganda, keng
ma’noda Oliy hokimiyat vakillik organlari hamda mahalliy vakillik organlarini
shakllantirish tartibi tushuniladi. Tor ma’noda
majoritar, proportsional va aralash
saylov tizimlariga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasi
saylov tizimi majoritar
saylov tizimiga asoslangan.
Sektorlararo nazariya – ijtimoiy sheriklikning uch sektor: davlat organlari,
biznes vakillari va fuqarolik jamiyatining institutlari o’rtasidagi munosabatlarni
tartibga solishi to’g’risidagi nazariya
Senat – lot.
senatus-eski, qariya; ko’pchilik mamlakatlar parlamentining
yuqori palatasi.
Shok terapiyasi – (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga
yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi,
inflatsiya, bandlikning
pasayishi va shunga o’xshash boshqa holatlar) o’z ichiga
oluvchi radikal chora-
tadbirlar majmuasi.
Siyosat subyekti – siyosiy munosabatlarda ishtirok etayotgan kuchlar, sotsial
guruhlar, qatlamlar, tashkilotlar siyosiy
faoliyatning tashuvchilari, siyosatning
subyekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: