Model – fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi.
Modernizatsiyalash – fran. modernizer-zamonaviy, zamonaviylashtirish, hozirgi
davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o’zgarishlarni amalga oshirish.
Mulk obyektlari – mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk subyektlari
- mulk obyektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar
ishtirokchilari.
Mulkchilik munosabatlari – mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish – mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol
qilinishi.
Mulkni tasarruf etish – mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka
egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va
yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Munitsipal boshqaruv – ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish, bu
boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. Shu bilan bir vaqtning o’zida u
fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy
belgilari, ularning saylanishligi va o’z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy
ahamiyatga ega bo’lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik.
Munitsipalitet – fran.municipalite-shahar o’zini o’zi boshqarish organi;
ko’pchilik mamlakatlardagi o’zini o’zi boshqarish organlari.
Mustaqil bosma OAV lari – davlat boshqaruvidan holi bo’lgan, o’zining fikr
va so’z erkinligini ro’yobga chiqaruvchi, lekin bunda o’z faoliyatini amaldagi
qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir.
Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini,
tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan
normativ hujjat hisoblanadi.
145
Do'stlaringiz bilan baham: |