Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Kvintessensiya – (lot. beshinchi asos) biror narsaning asos, mohiyati; eng 
muhim, eng asosiy. 
Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) 
fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishini anglatuvchi 
qadriyatiy tushuncha. Tarixan an’anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda 
nomoyon bo’ladi.
Liberallashtirish – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor 
bo’lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo’lini e’tirof etuvchi va asoslovchi 
nazariya, amaliyot.
Liberalizm – (lot. erkinlik) mafkura, ijtimoiy-siyosiy harakat. U ijtimoiy 
imtiyozlar va avloddan-avlodga o’tuvchi hokimyatga qarshi chiqib burjua 
qatlamlarining qarashlarini o’zida mujassam etadi. Asosiy tamoyillari: 
individualizm, erkinlik, bozor va raqobatning mutloqligi, davlatni cheklash zarurligi 
(asoschilari I.Byentam, J.Mill, A.Smit, G.Spensyer). 
Liga – lot. ligare-bog’lamoq; ijtimoiy-siyosiy birlashma; davlatlar, tashkilotlar
alohida shaxslar ittifoqi.
Lobbi – lot. lobyy-kuluar; jamiyatdagi ma’lum bir siyosiy doiralar, kuchli iqtisodiy 
tizilmalar manfaatlarini ifodalovchi, ana shu manfaatlarni amalga oshirish parlament va 
mansabdor shaxslarga bosim o’tkazishga intilayotgan guruhlar. 
Legitimlik – (lot. qonuniy) muayyan davlat hokimyatining qonuniyligini a) 
fuqarolar tomonidan; b) xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishini anglatuvchi 
qadriyatiy tushuncha. Tarixan an’anaviy, xarizmatik, oqilona-qonuniy shakllarda 
nomoyon bo’ladi.
Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. 
Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog’lom avlod tushunchasi bilan 
ham bog’lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida 


141 
ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda 
shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga 
bo’lgan munosabatlaridan tortib, toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga 
munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling