Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Iqtisodiy islohot – davlatning iqtisod tizimini yoki iqtisodini boshqarishni 
yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdagi katta o‘zgarishlar. Iqtisod tizimi samarasining 
pastligi iqtisodiy inqirozlar paydo bo‘lganda va iqtisod odamlar ehtiyojini 
qondirishga loyiq bo‘lmaganda mamlakat o‘z taraqqiyotida boshqa davlatlardan 
orqada qolganda yuzaga kelgan sharoitlar tufayli o‘tkaziladi. 
Iqtisodiy mustaqillik – muayyan bir mamlakatning shu mamlakatda mavjud 
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy 
boyliklarga va shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy 
daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi. 
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida 
to’plangan va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni 
iste’molchilarga yetkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin 
bo’lgan vositalar, imkoniyatlar va manbalardir. 
Irratsional – (lot.irrationalis) bilishning asosiy vositasi sifatida his-tuyg’u, instinkt va 
e’tiqodni tan oluvchi falsafiy qarash. 
Ishlab chiqarish usuli – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar – ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy 
omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Islohot – progressiv o‘zgarish, mavjud bo‘lgan yo ijtimoiy tuzumni asosi 
saqlangan holda biror-bir tomondan jamiyat hayotini qayta qurish. 
Jamiyat – insonlar munosabati va ijtimoiy aloqalar yig’indisi. Jamiyat tarixiy, 
moddiy-ma’naviy hayot tarzidan kelib chiqqan holda umumiy orzu-maqsadlari bilan 
birlashgan insonlar uyushmasining alohida shakli. Jamiyat doimo o’zgarish va 
rivojlanishda bo’lib, uning asosini doimo insonlar tashkil etadi. 


138 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling