Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Konfessiya – lat. cōnfessio dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va 
yo’nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha. 
Kooperatsiya – lot. cooperatio-hamkorlik; ko’pchilik kishilarning birgalikda 
bitta yoki o’zaro bir-birlariga bog’liq bo’lgan bir necha faoliyatlardagi ishtiroki
mehnatni tashkil etish shakllaridan biri; ishlab chiqarish va mahsulot ayirboshlash 
sohasidagi jamoaviy birlashma. 
Korrupsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy 
manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki 
nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi 
shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish. 
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo’lgan, 
sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish; 
Kosmopolitizm - (yunon. kosmopolites – dunyo fuqarosi) — dunyo fuqaroligini da’vo 
qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda 
vatanparvarlik tuyg’usidan voz kechish g’oyasini ilgari suradigan qarash. Kosmopolitizm - 
ya’ni, qayerda yaxshi hayot bo’lsa o’sha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini 
yo’qotadi, g’ururni o’ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir. 
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, 
rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma’naviyatga ega bo’lgan davlat. Bunday davlat 
mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy asosga ega bo’ladi. Uning qudrati 
fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do’stlik va bag’rikenglik, har bir fuqaroning 
onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan-kuchli jamiyat sari – ushbu konsepsiyaning mohiyati 
odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati va faolligi yuksalib borgani sari davlat 
vazifalarining nodavlat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish 
organlariga bosqichma-bosqich o’tishi, mahallalarning nufuzi va mavqeining 
oshishi demakdir. 


140 
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqaroligi ta’minlangan, davlatning 
boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, 
fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga 
aylangan jamiyat.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling