Ma’naviy jasorat – yer yuzida barcha o’lmas obidalarni, insoniyat hayotini
tubdan o’zgartirib yuborgan jamiki ulug’ kashfiyot va ixtirolarni, mumtoz san’at va
adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko’rsatgan
insonlarning mislsiz aql-zakovati va yuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom
ma’nodagi erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy
dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zda tutadigan mafkuraviy, g’oyaviy va
informatsion xurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan,
odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar – inson ongiga ta’sir
ko’rsatadigan, uning dunyoqarashi tafakkur tarzini muayyan yo’nalishga soladigan,
o’zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar,
an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g’oyalar va qarashlarni
umumlashtiruvchi tushuncha.
Ma’rifat – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy va ma’naviy
boyliklarning, ularni yanada ko’paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining
majmui.
Madaniyat – kishilarning tabiatni, borliqni o’zlashtirish va o’zgartirish
jarayonida yaratgan moddiy, ma’naviy boyliklar hamda bu boyliklarni qayta tiklash
va bunyod etish yo’llari va uslublari majmui.
Madaniyatli odam – o’qimishli, zamon talablari asosida kiyinish va
muomala me’yorlariga amal qiluvchi, ahloq normalariga to’la amal qiladigan, ilg’or
falsafiy g’oyalarga ega bo’lgan, jahon madaniyati durdonalaridan xabardor bo’lgan
shaxsga aytiladi.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |