Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/105
Sana22.01.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1110778
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Millatchilik bu – millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug’lab, boshqalarining 
huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni yerga urishdan iborat bo’lgan 
nodemokratik mafkura. 
Millatlararo munosabatlar – birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar 
o’rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. 
Millatlararo totuvlik g’oyasi – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri 
bo’lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, 
o’zbek millati va shu bilan birga o’zlarining o’rtasida ko’p yillarga mo’ljallangan ezgulik, 
ishonchlilik, do’stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va 
birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u 
yanada kamol topishini ifodalaydi. 
Milliy g’oya – ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab 
kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida 
chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir 
joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlari 
yig’indisi. 
Milliy g’oya negizlari – ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan, xalqning 
o’ziga xos milliy xususiyatlarini ifodalagan milliy ma’naviy meros qadriyatlari 
hamda dunyo xalqlari tomonidan e’tirof etilgan demokratiyaning umuminsoniy 
prinsiplar majmuidir. 
Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va 
rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asoslash, ta’minlashga 
qaratilgan qarashlar tizimi. 


144 
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va 
xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyat shakli. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling