Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari – o’z oldida Internet
tarmog’ida ommaviy axborot vositasi (OAV) funksiyalarini bajarish vazifasini
qo’yuvchi nodavlat tusdagi ro’yxatga olingan veb-saytlari.
Nodavlat notijorat tashkiloti (NNT) – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining
asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o’z qatnashchilari
(a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish tashkilotidir.
O’ng – siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini
saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim.
O’zini o’zi boshqarish – (ingl. municipal o’zini o’zi boshqarish); u yoki bu
ma’muriy-hududiy birliklardagi aholining vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va
ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega
bo’lgan ishlarni boshqarishga aytiladi. O’zbekistonda o’zini o’zi boshqarish organlari
tarkibiga mahalla, qishloq, ovul va shaharcha fuqarolar yig’inlari kiradi.
O’zini o’zi boshqarishning asosiy prinsiplari – O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida mustahkamlangan o’zini o’zi
boshqarish organlarining tabiati bilan bog’liq bo’lgan mustaqil faoliyatni amalga
oshirishni tashkil qiluvchi rahbariy g’oyalar yig’indisidir.
Okkultizm – fran. occultisme, nem. Okkultismus < lat. occultus – sirli,
yashirin, dunyoning yashirin, g’ayrishuuriy, ilmiy tafakkurga sig’maydigan, ammo
“tanlangan”, “taqim etilgan”largagina nasib etuvchi qudrati haqida notabiiy qarash.
Ommaviy axborot vositalari – keng ko’lamda axborotni yig’ish, ishlash va
tarqatishni ta’minlovchi ijtimoiy institutlar va kanallar (matbuot, kitob nashriyotlari,
matbuot agentliklari, radio, televideniye va h.k.).
Parlament – ingl. parlament, frans. Parler gapirmoq va so’zlamoq; parlament oliy
qonun chiqaruvchi vakillik organi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |