149
Siyosiy partiyalar – ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng
faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy
tizimining muhim qismi, ular davlatning siyosiy yo’nalishini
belgilashda ishtirok
etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.
Siyosiy qarashlar – siyosiy qarashlarning shakllanishi
va qaror topishida
o’ziga xos an’analar mavjud bo’lib, siyosiy hodisalar turli xil talqin etilgan.
Siyosiy tashkilotlar – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning
manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
Siyosiy tizim jamiyatda davlat hokimiyati va boshqaruvni shakllantirish va
amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlar harakatlarida o’z ifodasini topadi.
So’z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan
biri – o’z fikrini (hayolini) oshkora (og’zaki, yozma ravishda va/yoki
ommaviy
axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun
kompleksli shart-sharoitlarni yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: